TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 54 z 76 · 912 postów
Opublikowano 14 sie
😎Bo'lajak talabalar eshiting: Talaba kim? Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi. Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi). Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi. Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi: 1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi. 2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi. 3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi). Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali... Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi). Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni. Yoqtiradi – Darsda uxlashni. Qo‘rqadi – Sessiyadan. Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi. Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi. Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q. Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da... ❗️♻️ Barcha boʻlajak talabalarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#mandat#talaba @TalimUz✅️
Opublikowano 14 sie
🥴Mandat chiqqandan keyin ayrim abituriyentlarning uyidagi vaziyat 👀Sizda vaziyat qanday bo‘lishini taxmin qilyapsiz? Mandatni kutayotganlarga yuboring! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#tanlov2024#Mandat ✅@talimuz
Opublikowano 13 sie
Maktablarda yangi o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi Maktab vazirligi xabariga ko'ra, qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanganligini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yangi — 2024-2025-o‘quv yili joriy yilning 4-sentabr kunidan boshlanadi. ✅@talimuz
Opublikowano 13 sie
📈Abituriyentlarni eng ko'p qiziqtirayotgan TOP-10 davlat oliygohi ma'lum bo'ldi. Bilim va malakalarni baholash agentligi saytidagi ma'lumotlarga ko'ra abituriyentlar eng ko'p qiziqish bildirayotgan oliygohlar statistikasi ma'lum bo'ldi. O'zbekiston Milliy universiteti 1 513 850 marta ko'rilgani bilan 1-o'rinda turgan bo'lsa Oliy sport mahorati instituti 5 212 marta ko'rilgani bilan eng oxirgi o'rinda turibdi. ⚡️TOP-10 ta oliygoh: 1. O‘zbekiston Milliy universiteti 1 513 850 marta ko'rilgan 2. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 659 999 marta ko'rilgan 3. Toshkent davlat pedagogika universiteti 524 410 marta ko'rilgan 4. Qoraqalpoq davlat universiteti 461 840 marta ko'rilgan 5. Toshkent davlat transport universiteti 435 109 marta ko'rilgan 6. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 411 462 marta ko'rilgan 7. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 350 892 marta ko'rilgan 8. Toshkent davlat texnika universiteti 336 217 marta ko'rilgan 9. Urganch davlat universiteti 317 933 marta ko'rilgan 10. Farg‘ona davlat universiteti 293 066 marta ko'rilgan Barcha oliygohlar reytingi bilan yuqoridagi fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin. ✅@talimuz
Opublikowano 12 sie
⚡️Yakuniy mandatga telegram-bot orqali buyurtma qabul qilish boshlandi! ➖ Pastdagi botlardan biriga ID raqamingizni yuboring va mandat natijasi uchun oldindan buyurtma bering. Xizmat mutlaqo bepul! Tez orada quyidagi funksiyalar qo'shiladi: Tez orada @DTMStatbot siz topshirgan yo‘nalishga qancha kvota ajratilgani, grant-kontrakt, jami imtihon topshirgan abituriyentlar orasida nechanchi o‘rinda ekaningizni va talaba bo‘lish ehtimolingiz qancha foiz ekani haqidagi ma’lumotlarni chiqarib beradi. Quyidagi botga ID raqamni yuboring: 👉@DTMStatbot 👉@DTMStatbot 👉@DTMStatbot
Opublikowano 12 sie
⚡️Mandat qachon chiqadi? 💻 Aniq javob: Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng, ya'ni 10-avgustdan keyinbir hafta ichida e’lon qilinadi. ✅Demak, mandat 17-avgustgacha e’lon qilinishi kerak. 📑 Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom. ✅@talimuz
Opublikowano 10 sie
⚡️Rasman: Oliy ta’lim muassasalariga qabul yakunlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga qabulning 2-bosqichi, ya’ni, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni yakunlandi. 👨🏻🎓 Test sinovlarida ishtirok etib, yuqori natijaga erishgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilayman! Eng bilimli, eng munosib abituriyentlar talabalik baxtiga musharraf bo‘lsin! ✅@talimuz
Opublikowano 9 sie
Oʻqishga kira olmaganingdan faxrlanaman, ogʻlim! 😂 00:00 Videodagi bunday otalar koʻpchilikning orzusi boʻlsa kerak😐 Xazil oʻz oʻrniga. Hurmatli ota-onalar: "Sen odam boʻlarmiding," "sen qoʻyingni boq", "sen oʻzingcha odam boʻlib qoldingmi?!"- deb bolalarini koyigan odamlarni koʻrganman. Ularga gapim: Siz odam boʻlmagan boʻlsangiz, oʻgʻlingiz ham odam boʻlmaydi degani emas, siz hayotda hech narsaga erishmagan boʻlsangiz, farzandingiz ham erishmaydi degani emas, ularga umid bering! Imkoniyat bering! Dadangiz agar sizga qattiq muomala qilgan boʻlsa, adolatsizlik qilgan boʻlsa, siz ham bolangizga qilishingiz kerak degani emas! Hamma narsani takrorlash shart emas, Allohning oʻzi qaytarib qoʻyadi. © Muhammad Ali Eshonqulov ❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz
Opublikowano 8 sie
⚡️To'plagan ballini to'g'ri tahlil qilganhar 2 abituriyentdan 1 nafari talabalikka tavsiya etilishi mumkin! ❌ Faqat, balli 56.7 dan past bo'lmasa! Shunchaki, botga ID kod yuboring: 📊Nechinchi o'rinda turganingizni; 📈 Qaysi yo'nalishlarni tanlashingizni; 📉 2021-2022-2023 yilgi o'tish ballarini aniqlang! Abituriyentlar, DTMSTAT yangilandi To'plagan ballingizga mos yo'nalishlarni tanlash davomida ularning o'tish ballarini ham ko'rib borishingiz mumkin. 📉 Har yili yuz minglab abituriyentlar bilimiga va to'plagan balliga mos yo'nalish tanlamagani uchungina o'qishga kira olmaydi. Bu yil unday bo'lmaydi. Endi hammasi o'zgaradi. Sinab ko'ring: 👉@DTMSTAT_BOT 👉@DTMSTAT_BOT 👉@DTMSTAT_BOT Abituriyentlarga tarqatib qo'ying!
Opublikowano 7 sie
3 kun vaqt qoldi! Yo‘nalish tanlashuchun10-avgustgacha vaqt bor! Tanlanmaganlar 189 ball toʻplagan boʻlsa ham talaba boʻlmaydi! ❌ Abituriyentlar 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. ❗️Abituriyentlar ta’lim yo‘nalishlarini tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. 🗓 Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda e’lon qilinadi. ✅@talimuz
Opublikowano 7 sie
⚡️Rasman: "Перевод" uchun test sinovlari 10-avgustdan boshlandi Oʻzbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari 10-20-avgust oraligʻida boʻlib oʻtadi. ⚽️Baholash mezoni quydagicha boʻladi: • Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha: — Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ➖ Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ➖ Oʻzbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✅Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 33 ball. 👉 Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta mutaxassislik fan boʻyicha: ➖1-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. ➖2-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. ✅ Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 156 ball. 🖥 Umumiy holda, 2024/2025 oʻquv yili uchun oʻqishni koʻchirish talabida boʻlganlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. ❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz
Opublikowano 7 sie
Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi? 🔹 Maqsadli qabulni tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha ham maqsadli(abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa), ham umumiy tanlovda ishtirok etadi. 🔹 Maqsadli qabulni tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etadi. ❕ Eslatma: maqsadli qabul asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasini tamomlagandan so‘ng tegishli hududda 5 yil ishlab berish majburiyati yuklanadi. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz