TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 56 z 76 · 912 postów
Opublikowano 28 lip
⚡️Abituriyentlarning saviyasini ko'rib, ma'sullar minimal o‘tish balini o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qilishdi! O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36%),to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30%) etib belgilandi. Bir necha oy avval rasmiylar minimal o‘tish balini oshirish haqida gapirgandi. Aftidan, o‘rtacha ballarning ahvolini ko‘rib, eski holatda qoldirishga qaror qilishgan, shekilli. Nimayam derdik, bitta botqoqdan chiqmasdan turib tepalikka ko‘tarilib bo‘lmaydi. OTMlarda vijdonan dars beradigan kuchli o‘qituvchilar va professorlarga sabr tilaymiz. O‘rtacha 85 ball yig‘a oladigan avlod boradi bu yil. ✅@talimuz
Opublikowano 28 lip
❓Davlat granti uchun chegara nima degani? Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman. Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin. Keling, aniq misol bilan tushuntiraman. • Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 115 ta; • Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi— 10%; • Toshkent davlat yuridik universiteti jami kvotasi— 650 ta. Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi. Bu degani, bitta oliygoh yurisprudensiya yo’nalishi uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi. Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universitetiga jami 650 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi. TDYU mana shu 650 ta kvotaning maksimum 10% qismini grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 65 ta grantgacha olishi mumkin. Qolgan 585 ta kvota kontrakt bo’ladi. 65 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq. ℹ️Aytgancha, joriy yilda TDYU uchun yagona yurisprudensiya yo’nalishiga qabul bo’ladi. Avvalgi yillardagi kabi fakultetlar kesimida kvota tasdiqlanmagan. Talabalar keyinchalik fakultetlarga ajratiladi. Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 115 ta grantning 65 tasini TDYU olsa, qolgan 50 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi. O’tgan yili Yuridik universitetga 25 ta davlat granti uchun kvota berilgandi. Bundan ko’rinib turibdiki, yangi tizim, ya’ni grant kvotasini oliygohlar kesimida emas, yo’nalishlar kesimida tasdiqlash amaliyoti aqlli abituriyentlarga ko’proq imkoniyat beryapti. Bu yaxshi. Xushnudbek Xudoyberdiyev ✅@talimuz
Opublikowano 27 lip
⚡️Rasman: Kvotalar tasdiqlandi! 2024-2025-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim shakllari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlandi. ➖ Kunduzgi: 127 995 ta ➖ Sirtqi: 52 129 ta ➖ Kechki: 9158 ta ➖ Masofaviy: 5 610 ta ✅ Maqsadli qabul ✅@talimuz
Opublikowano 27 lip
⚡️Rasman:Yo‘nalish tanlash boshlandi Abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim. ✅ Buning uchun my.uzbmb.uz platformasining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limiga kirib, “Xizmatdan foydalanish” tugmasi bosiladi va “OTM tanlash” bo‘limiga o‘tiladi. ✅@talimuz
Opublikowano 26 lip
Imtihonlar tugadi. Abituriyentlarning yarmi testdan yiqildi Bu yilgi test sinovlarida 737 ming nafar abituriyent qatnashdi, bu – o‘tgan yilgidan 20 foizga kam. Imtihon topshirganlarning 47 foizi maksimal ballning 30 foizini ham to‘play olmagan, bu – o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan yaxshiroq. Buxorolik abituriyentlar o‘rtacha eng yuqori ballni to‘plashdi. ✅@talimuz
Opublikowano 26 lip
⚡️Rasman: Abituriyentlar imtihonlar toʻliq tugagach 5 ta yoʻnalish tanlaydi! Faqat...❗️ Abituriyentlar hujjat topshirayotganda yo‘nalish emas❌, shunchaki fanlar majmuasini tanlashdi. Ya’ni siz qaysi fandan imtihon topshirishingizni belgiladingiz xolos. Testlar to‘liq yakunlangach esa, o‘sha fanlarga mos keladigan BESHTA yo‘nalishni tanlaysiz. Bunda yo‘nalish tanlashda hech qanaqa cheklov yo‘q, asosiysi fanlar majmuasiga to‘g‘ri kelsa bo‘ldi. ‼️XULOSA: ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yo‘nalishingizninghech qanday ahamiyati yo‘q. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qarashingiz kerak. Test yakunlangach, istalgan yo‘nalishni tanlashingiz mumkin bo‘ladi. Hattoki ro‘yxatdan o‘tishda belgilagan yo‘nalishingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor. ❗️♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz
Opublikowano 26 lip
⚡️Rasman: 12-kun natijalari e’lon qilindi 📆 2024-yil 25-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin: 👉@e_dtm_mandatbot 👉@e_dtm_mandat1bot 👉@e_dtm_mandat2bot 👉@e_dtm_mandat3bot 👉@e_dtm_mandat4bot ❗️Ushbu botlar orqali mandat saytida nechinchi o'rinda turganingizni ham aniqlashingiz mumkin! Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!
Opublikowano 26 lip
🔥Orzularing o'zingnikimi? Konsta, Ulug'bek — "Poyga" Poyga, poyga chiqaman deb oyga Poyga yetaman deb qo'shni boyga. Kunni tunga ulab, oyni oyga Bir umr keraksiz begona poyga. Senga yoshlikdan qo'yilgan Begona standartlar. Sen tanlamagan yo'lar Sen tanlamagan shartlar. "Uni bolasini qara", "Buni bolasini qara" deb, Maktabdan o'qi O'rgatib qo'yishardilar Uni moshinasi zo'rroq Uni puli buncha umr o'tib ketar Begona orzuni quvlaguncha. Boshqalarni xohishlari uchun to'laguncha Nafs-nafs quli bu Ko'chada to'la g'uncha Yarashmasa ham darvoza Balandroq bo'lsin, Moshina qo'shninikidan qimmatroq bo'lsin. Kasbi qiziqmas univer nufuzliroq bo'lsin, Bilimi shartmas diplomi kuchliroq bo'lsin! Orzularing o'zingnikimi? Boshqalardan ko'chirmadingmi? Kimlargadir o'xshiyman deb ichingdagi olovni o'chirmadingmi? ✅@talimuz
Opublikowano 26 lip
❗️Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohlari-2024 reytingida Osiyo xalqaro universiteti g'olib bo'ldi! Axborot texnologiyalari va menejment universiteti hamda Toshkent amaliy fanlar universiteti esa TOP-3 ro'yxatni yakunlab berishdi. So'rovnoma bo'yicha TOP-10 ro'yxat: 1. Osiyo xalqaro universiteti 2. Axborot texnologiyalari va menejment universiteti 3. Toshkent amaliy fanlar universiteti 4. Turon universiteti 5. Yangi asr universiteti 6. Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti 7. Alfraganus universiteti 8. Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti 9. ISFT 10. Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiya universiteti Eslatib o'tamiz, so'rovnoma barcha ta'lim muassasalari kesimida to'liq yakunlandi va g'oliblar e'lon qilindi. Ishtirokchilar @EDUStatbot orqali sertifikatlarining PDF formatini yuklab olishlari mumkin. ✅ O'zi nima gap
Opublikowano 26 lip
📈Bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari tahlili e’lon qilindi Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari va uning qoplanish holati tahlili e’lon qilindi. 📊 Unga ko‘ra, o‘rtacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyasiz o‘qitish xarajatlari 13 mln 640 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha to‘lov kontrakt qiymati esa 7 mln 446 ming so‘m, ya’ni xarajatlarning 54 foizini qoplaydi. ❌ Tahlilda ko‘rsatilishicha, hech bir sohada kontrakt miqdori yillik xarajatlarni to‘liq qoplamaydi. ✅@talimuz
Opublikowano 25 lip
⚡️Rasman: 11-kun natijalari e’lon qilindi 📆 2024-yil 24-iyul kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar oʻz ballarini quyidagi botlar orqali hoziroq bilib olishlari mumkin: 👉@e_dtm_mandatbot 👉@e_dtm_mandat1bot 👉@e_dtm_mandat2bot 👉@e_dtm_mandat3bot 👉@e_dtm_mandat4bot ❗️Ushbu botlar orqali mandat saytida nechinchi o'rinda turganingizni ham aniqlashingiz mumkin! Bundan tashqari, my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. Barchaga yuqori natijalar yor bo'lsin!
Opublikowano 25 lip
❓Nodavlat oliyta’lim muassasalariningdiplomi O‘zbekistonda o‘tadimi? So‘nggi yillarda nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari soni ko‘paydi. Har oy yangi bir universitet yoki institut ochilgani haqidagi e’lonlarga ko‘zimiz tushadi. Ana shunday paytda ota-onalar va abituriyentlarda faqat asosiy bitta savol paydo bo‘ladi: «Diplomi O‘zbekistonda o‘tadimi?» (lekin ta’lim sifati hozircha ko‘pchilikni qiziqtirmaydi) ✅Ha albatta faqatgina litsenziyaga ega bo'lgan xususiy oliy ta’lim muassasalarining diplomi O'zbekistonda o'tadi. Maʼlumot uchun, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarihujjatlarni qabul qilish muddati va talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibinimustaqil belgilaydi. Shu bilan birga, mamlakatda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari asosida o‘tkaziladi. Agar biror qing‘ir ishi uchun sud qarori orqali faoliyati to‘xtatilmasa yoki lisenziyasi qaytarib olinmasa, ularning diplomi O‘zbekistonda o‘tadi. ✅@talimuz