TGINSIGHT CHAT
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
@TALIMUZ
Education🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot
Ostatnie posty
Strona 61 z 76 · 912 postów
Opublikowano 5 lip
⚡️Rasman: Abituriyent ruxsatnomasiga buyurtma qabul qilish boshlandi! O‘qishga xujjat topshirgan barcha yaqinlaringizga bu xabarni tarqatib qo‘ying! 🇺🇿 Endilikda DTM (Bilim va malakalarni baholash agentligi) tomonidan test sinovlariga ruxsatnoma berish boshlanmagan bo‘lsadatelegram-bot orqali oldindan buyurtma berishingiz mumkin. Ruxsatnoma berish boshlanishi bilan bot avtomatik ravishda ruxsatnomangizni sizga yuboradi. Eslatma: Joriy yilda 800.000 nafardan ortiq abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tganini hisobga olsak, ruxsatnoma berish boshlansa rasmiy sayt qotib qolishi mumkin. Oldindan berilgan buyurtma asosida siz bu muammoni chetlab o‘tishingiz mumkin. Ruxsatnomaga buyurtma berish va yuklab olish uchun quyidagi botdan foydalaning: 👉@ruxsatnomalarbot 👉@ruxsatnomalarbot 👉@ruxsatnomalarbot
Opublikowano 5 lip
⚡️Joriy yilgitest sinovlariga 2.690 nafar nazoratchi jalb etiladi va 12 kun davom etadi! ➖ Joriy yilda test sinovlarini sifatli tashkil etish va o‘tkazish uchun binolar optimallashtirilib, hozirda 73 ta yopiq turdagi katta sig‘imli bino test sinovlariga tayyorlanmoqda. Ularda bir smenada 1 176 ta guruhda, 35 280 nafar, bir kunda esa 70 560 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etishi va test sinovlarining 12 kun davomida o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. ➖ Test sinovlarini adolatli va shaffof o‘tkazish maqsadida keng jamoatchilik orasidan ochiq tanlov o‘tkazish orqali 2 690 nafarguruh nazoratchisi tanlab olindi. Bundan tashqari gapirish va eshitishda nuqsoni bo‘lgan abituriyentlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida 139 nafar surdotarjimon jalb etiladi. ➖ Test sinovlarida foydalaniladigan 15 ta (tillar kesimida 29 ta) umumta’lim fanidan 40 mingdan ortiq yangi test topshirig‘i shakllantirildi va ekspertizadan o‘tkazildi. ✅@talimuz
Opublikowano 5 lip
⚡️O'quv yili yakunlandi, endi bemalol to'lagan kontraktingizdan 12 foizini qaytarib olishingiz mumkin! To'lagan kontraktdan 12 foizlik daromad solig'ini kimlar va qanday qilib qaytarib olish mumkin? Batafsil videoda ko'rishingiz mumkin. Tushunarliroq bo'lishi uchun sodda tilda prezentatsiya shaklida tushuntirilgan. Kontraktda o'qiydiganlarga yuboring! ✅@talimuz
Opublikowano 4 lip
📉Nega kam abituriyent hujjat topshirdi? Bu yil abituriyentlar soni reja qilingan 1 mln nafarga yetmadi. Hattoki 900.000 nafar ham bo'lmadi. Bilim va malakalarni baholash agentligi xabariga ko'ra, 894 279 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. To'lov qilmaganlar soniga qarab bu raqam hali yanada kamayishi mumkin. Sabab nima bo'lishi mumkin? Ehtimol, bu yildan amal qiladigan yangi tartib: balli yuqori bo'lgan abituriyentlar o'rtasida eng birinchi grant taqsimlanishi tavakkalchi abituriyentlarni hujjat topshirib o'tirmaslikka undagandir. ✅@talimuz
Opublikowano 3 lip
⚡️Rasman:Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi. ✅@talimuz
Opublikowano 3 lip
⚡️Abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmoqda! Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari imtihon haqidagi ma’lumotlar ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan: ➖ yo‘nalish; ➖ oliy ta’lim muassasasi nomi; ➖ manzil; ➖ sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Hozirda ruxsatnomalar my.uzbmb.uz saytida shakllantirilmoqda. Jarayon yakunlangandan so‘ng, abituriyentlar shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin bo‘ladi. #Qabul2024#Abituriyent ✅@talimuz
Hashtags
Opublikowano 3 lip
⚡️Javoblar varaqasi-2024 🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili qabuli kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasitasdiqlangan. ✅@talimuz
Opublikowano 2 lip
⚡️Enditexnikum talabalarining chet tili o‘rganish pulini davlat to‘lab beradi 🇺🇿Hukumatning yangi qaroriga ko‘ra, chet tili o‘rganishni xohlovchi professional ta’lim muassasa o‘quvchilariga yengilliklar berilyapti. Unga ko‘ra, professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvchilar chet tilini mustaqil ravishda o‘rganib, xalqaro yoki unga tenglashtirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvchi tomonidan chet tilini o‘qish uchun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan oshmagan qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi. BHMning 10 baravari 3,4 mln so‘mga teng. ✅@talimuz
Opublikowano 1 lip
⚡️Shpargalka: Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi? 1⃣Ona tili va adabiyot - Ona tili - 60 %; - Adabiyot - 40 %. 2⃣Matematika: - Sonlar va ular ustida amallar - 25 %; - Funksiya va algebraik ifodalar - 35 %; - Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%; - Geometriya - 30%. 3⃣Tarix: - Siyosiy tarix - 50-60%; - Ijtimoiy-iqtisodiy tarix - 10-20 %; - Madaniy hayot - 10-15 %; - Amaliy topshiriqlar - 20-25 %. 4⃣Fizika: - Mexanika - 35 %; - Molekulyar fizika va termodinamika (mantiqiy va laboratoriya ishlariga oid topshiriqlar) - 25 %; - Elektromagnitizm - 30 %; - Atom va yadro fizikasi (optika, nisbiylik nazariyasi) - 10%. Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz
Opublikowano 30 cze
⚡️Bu yilgi imtihon sxemasi qanday bo'ladi? 2024-yilgi oliygohga kirish imtihon jarayonlari qanday bo'lib o'tishi mumkinligi haqida infografika bilan tanishing Abituriyentlarga tarqatamiz! ✅@talimuz
Opublikowano 28 cze
⚡️Rasman: Oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. ✅Natijada texnikumni muvaffaqiyatli bitirganlar to'g'irdan-to'g'ri oliygohga 2-3 kursdan qabul qilinadilar! Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi. Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi. ✅@talimuz
Opublikowano 28 cze
⚡️Endi akademik litseylarni bitirganlarga ham oliygohga imtihonsiz kirish imkoni beriladi! ➖ 2024-2025 o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik liseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi. Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “AST” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti. "- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz,"- dedi Prezident. ✅@talimuz