TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg774,300Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Strona 62 z 76 · 912 postów

Opublikowano 27 cze

Imtihon oldidan stressni yengish uchun TOP maslahatlar! Imtihon shunday jarayonki, bunda har bir kishi “O'zing o'zinga yordam ber" qabilida ish ko'rishi lozim. Imtihonga har kim turlicha munosabat bildiradi. Demak, bu vaqtda yuzaga keladigan stressga qarshi kurashish yo'llarini ham o'zi o'ylab topadi. Biz quyida sizga taqdim etmoqchi bo'lganimiz – amalda qo'llangan va ishonchli usullardir. ✅Imtihonga tayyorlanishni 17-18 soat qolganda yakunlash tavsiya etiladi. Oxirgi soatlarda katta bosim bilan kitob o'qishning mahsuldorligi ancha past bo'ladi. Tajriba shuni ko'rsatadiki, bilimlar sinoviga juda yaqin qolganda qancha ko'p o'qilsa, shuncha kam esda qoladi. ✅Hayot-mamot hal bo'lishi arafasida o'quv materiallariga betartib ravishda ko'z yugurtirishtavsiya etilmaydi, bu jarayonda dengizdan tomchi esiningizda qoladi, xolos. Natijada imtihon paytida faqatgina omadga tayanishga to'g'ri keladi. ✅Qolgan vaqtni aqliy mehnatdan charchagan organizmni oldindagi sinovga tayyorlashga bag'ishlash foydaliroqdir. ✅Imtihonlardan oldin kechqurun sayrga chiqish, dush qabul qilish kabi har qanday chalg'itadigan va tinchlantiradigan ish bilan shug'ullanish maqsadga muvofiqdir. “Miyani yukdan xalos etish" uchun biror komediya yoki yumoristik ruhdagi ko'rsatuvni tomosha qilish juda foydali. ✅Kulgu stressni yengishga yordam berishdan tashqari ishtahani ochadi, ish qobiliyatini oshiradi, uyquni normallashtiradi va g'ayritabiiy usul bilan fikrlash va tasavvur qilish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu narsa ilmiy jihatdan isbotlangan. ✅Imtihondan oldin albatta organizmning talabini qondiradigan darajada to'yib uxlash kerak! Qiyinchiliksiz uxlash uchun esa kunning ikkinchi yarmidagi ratsiondan kofe, shokolad, kola, choy kabi mahsulotlarni chiqarib tashlash kifoya. ✅Tasavvurni ishga soling. Psixologik texnika yordamida imtihon jarayonini ko'z oldingizga keltiring: Siz imtihon o'tkazilayotgan auditoriyaga kirdingiz, biletni tanladingiz, o'z joyingizga o'tirib xotirjam, hech qanday qiyinchiliklarsiz topshiriqlarni bajarib boshladingiz; Iloji boricha imtihon nazoratchilarini ham ko'z oldindizga keltiring: ular o'z qarashlari bilan javobingizdan qoniqish hosil qilganliklarini ko'rsatib turishibdi, imtihon yakunida esa o'zingiz xohlagan bahoni qo'yib berishdi. ⚠️ Shu sahnalarni xotirangizda ko'p marotaba tiklashga harakat qiling va real hayotda ham shunday bo'lishiga ishoning. ❗️Imtihondan oldin uyqu yaxshi bo'lishi uchun kechki ovqatni to'g'ri tashkil qilish ham muhim ahamiyatga ega. Bu paytda iloji boricha uglevodli taomlar iste'mol qilish lozim, tarkibida ko'p miqdorda oqsil saqlagan mahsulotlardan esa o'zni tiygan ma'qul. Uxlashga yotishdan 30-40 minut avval bir stakan issiq suvga bir choy qoshiq asal solib ichsangiz, asab tizmi mustahkamlanadi. ✅@talimuz

69,600 views

Opublikowano 26 cze

#eslatma ❌Kelasi yildan sertifikati yo'q abituriyentlar ba'zi yo'nalishlarga hujjat topshira olmaydi! 🇺🇿 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. ✅@talimuz

68,300 views

Hashtags

Opublikowano 26 cze

​📈Toshkent peshqadam, Samarqand ikkinchi, Qashqadaryo esa 3-o'rinda! ❌ Davlat oliygohlariga qabul yakunlandi ✅ Bugun to'lov qilishning oxirgi kuni. 2024-2025o‘quvyilida oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Shundan: 👉 Qoraqalpog‘iston -- 45 655 nafar 👉 Andijon viloyati -- 67 688 nafar 👉 Buxoro viloyati -- 45 583nafar 👉 Farg‘ona viloyati -- 83 837 nafar 👉 So‘x tumani -- 1 962 nafar 👉 Jizzax viloyati -- 48 276 nafar 👉 Namangan viloyati -- 58 268 nafar 👉 Navoiy viloyati -- 48 437nafar 👉 Qashqadaryo viloyati -- 89 188 nafar 👉 Samarqand viloyati -- 93 092 nafar 👉 Sirdaryo viloyati -- 30 074nafar 👉 Surxondaryo – 62 254 nafar 👉 Toshkent shahri --161 369nafar 👉 Xorazm viloyati -- 58 596 nafar ✅@talimuz

52,100 views

Opublikowano 25 cze

⚡️​Qabul tugashiga 5 soat qolganda abituriyentlar 850.000 nafardan oshdi. Qabul yakunigacha 1 mln prognoz qilingan! 25-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 850 124 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi. Avvalgi yillarda-chi? ➖ 2023-yilda – 1 018.000 nafar; ➖2022-yilda – 1 214 232 nafar; ➖2021-yilda – 948.000 nafar; ➖2020-yilda – 1 484 085 nafar; ➖2019-yilda – 1 066 925 nafar; ➖2018-yilda – 675 049 nafar; ➖2017-yilda – 729 950 nafar; ➖2016-yilda – 663 304 nafar abituriyent hujjat topshirgan. ✅@talimuz

57,000 views

Opublikowano 25 cze

​​⚡️Энг яхши таълим муассасалари сўровномаси қизғин давом этмоқда! 🇺🇿Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳузуридаги барча таълим муассасалари доирасида ўтган ўқув йили якунларига бағишланган "Йилнинг энг яхши таълим муассасалари-2024" танловида давом этмоқда. Категория бўйича ТОП-5 етакчилар: (25-июн 17:40 ҳолатига) Давлат олийгоҳлари 1⃣Тошкент давлат юридик университети 2⃣Тошкент давлат иқтисодиёт университети 3⃣Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети 4⃣Фарғона давлат университети 5⃣Ўзбекистон миллий университети Нодавлат олийгоҳлар 1⃣Тошкент амалий фанлар университети 2⃣Янги аср университети 3⃣Тошкент менежмент ва иқтисодиёт институти 4⃣Тошкент иқтисодиёт ва педагогика университети 5⃣Турон университети Академик лицейлар 1⃣ИИВ Навоий академик лицейи 2⃣ИИВ Бухоро академик лицейи 3⃣ИИВ Хоразм академик лицейи 4⃣ТАТУ академик лицейи 5⃣НамДУ академик лицейи Касб-ҳунар мактаблари 1⃣Косон 2-сон касб-ҳунар мактаби 2⃣Наманган 1-сон касб-ҳунар мактаби 3⃣Юқори Чирчиқ касб-ҳунар мактаби 4⃣Қамаши 3-сон касб-ҳунар мактаби 5⃣Нишон 1-сон касб-ҳунар мактаби Коллежлар 1⃣Тошкент педагогика коллежи 2⃣Андижон педагогика коллежи 3⃣Бахмал 2-сон педагогика коллежи 4⃣Ангрен педагогика коллежи 5⃣Қамаши педагогика коллежи Техникумлар 1⃣Олтинкўл иқтисодиёт техникуми 2⃣Хоразм юридик техникуми 3⃣Сурхондарё архитектура ва қурилиш техникуми 4⃣Асака жамоат саломатлиги техникуми 5⃣Андижон жамоат саломатлиги техникуми Эслатиб ўтамиз,танлов тўлақонли сўровномага асосланган бўлиб,якуний натижалар категориялар бўйича энг кўп овоз тўплаган номзод ғолиб деб топилади ва танловнинг рамзий совғаси, яъни муассаса номи туширилган махсус статуэткалар тақдим этилади. 1⃣. Энг яхши давлат олийгоҳи 2⃣. Энг яхши нодавлат олийгоҳ 3⃣. Энг яхши академик лицей 4⃣. Энг яхши касб-ҳунар мактаби 5⃣. Энг яхши коллеж 6⃣. Энг яхши техникум ✅O'zi nima gap? – Таълим хабарлари

52,500 views

Opublikowano 24 cze

Chet tili sertifikati bilan bog‘liq savollarga javoblar Savol: Menda IELTS 6 sertifikat mavjud. Chet tilidan xalqaro sertifikat ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga qaysi raqamni yozishim kerak? ✅Javob: IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi. TOEFL iBT sertifikatida esa “Appointment number” kiritiladi. Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatni xato yuklaganman. Sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritsam bo‘ladimi? ✅Javob: Sertifikat tekshirilib, rad etilgan taqdirda, sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritish mumkin. Lekin sertifikat tasdiqlanganda yoki tekshirilayotganda ma’lumotlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni 20-iyunga qadar kiritish kerakmi? Undan keyin kiritilsa, inobatga olinmaydimi? ✅Javob: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni qabul yakunlangunga qadar, ya’ni 25-iyungacha kiritish mumkin. Lekin sertifikatlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon ekanligini inobatga olgan holda ertaroq kiritish tavsiya etiladi. Savol: Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun ball beriladimi? ✅Javob: oliy ta’lim muassasalariga qabulda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun ushbu fandan maksimal ball beriladi. B1 darajadagi sertifikat uchun ball berilmaydi. Diqqat! Xalqaro sertifikatlarni tekshirishda qalbaki sertifikatlar aniqlangan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi. #Qabul2024#sertifikat#abituriyent ✅@talimuz

57,600 views

Opublikowano 24 cze

❓Abituriyentlarninghujjat topshirib bo'lgandan keyingi jarayonlari qanday bo‘ladi? Muhim ma'lumot: abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlayotganda o'zi bilan bir xil fandan imtihon topshirgan abituriyentlarning ballarini bilolmaydi. ✅U faqat o'zining balli va oldingi yillardagi o'tish ballarini biladi! ✅@talimuz

59,200 views

Opublikowano 23 cze

​​⚡️Hozircha"Toshkent amaliy fanlar universiteti" hammadan oldinda ketmoqda! 📈 "Yilning eng yaxshi nodavlat oliygohi-2024" nominatsiyasi boʻyicha ovoz berish davom etmoqda. Nodavlat oliygohlar ichidagi TOP-10 yetakchilar bilan tanishing: (23-iyun 11:50 holatiga) 1. Тошкент амалий фанлар университети 2. Тошкент менежмент ва иқтисодиёт институти 3. Тошкент халқаро молиявий бошқарув ва технология университети 4. Алфраганус университети 5. Осиё халқаро университети 6. Ренессанс таълим университети 7. Тошкент иқтисодиёт ва педагогика институти 8. Термиз иқтисодиёт ва сервис университети 9. ISFT университети 10. Иқтисодиёт ва педагогика университети Eslatib oʻtamiz, tanlov 6 xil kategoriya boʻyicha davom etmoqda va yakunda mutlaq gʻoliblarga oʻz taʼlim muassasasi nomi tushirilgan maxsus statuetkalar taqdim etiladi. 1⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi 2⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh 3⃣. Eng yaxshi akademik litsey 4⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi 5⃣. Eng yaxshi kollej 6⃣. Eng yaxshi texnikum ✅@talimuz

62,000 views

Opublikowano 23 cze

Imtihon yaqinlashyapti. Siz hayajonlanyapsizmi? Kayfiyatingizni ko‘taring va hayajon bo‘lmasligi uchun o‘zingizga qulay, samarali usullarni toping. Xotirjam bo‘lish uchun 5 ta tavsiya: 1️⃣ Tayyorgarlikni yaxshi qiling. Ha, agar bilimingizga ishonsangiz, xotirjamligingiz ham o‘z-o‘zidan yuqoriroq bo‘ladi. 2️⃣Dars tayyorlashdan tanaffus qilib turing. Bu tanaffus sizga stresslardan uzoqlashib, sevimli mashg‘ulotlaringizga ozgina bo‘lsa ham vaqt ajratishga yordam beradi. Ko‘p emas, dars qilishdan charchagan payt yarim soat sevimli kino tomosha qilish, oshxonada biror taom yoki salat tayyorlash yoki shunchaki sayr qilish mumkin. 3️⃣To‘g‘ri nafas olish. Hayajon va asabiylashish nafas olish tizimiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun nafas olishingizga ham e’tibor bering. Sekinlik bilan nafas olish nerv tizimini tinchlantiradi. Chuqur nafas olish maqshlari ham xotirjam bo‘lishga yordam beradi. 4️⃣Tiniqib uxlang. Yaxshi dam olish butun organizm tetik bo‘lishiga, miya faol bo‘lishiga yordam beradi. O‘z uyqu normangizni bilasizmi? Unda shu me’yorni bajaring. 5️⃣Muhimi, o‘zingizga ishoning, dangasalik qilmasdan potensialingizdan foydalaning. Siz, albatta, bu yil talaba bo‘lasiz. ✅@talimuz

57,000 views

Opublikowano 22 cze

​​​⚡️ERTAGA IMTIHON MARKAZI TOMONIDAN ONLAYN TEST TASHKIL ETILMOQDA! ❌ Birorta abituriyent ushbu testdan qolib ketmasligi kerak. Sababi, judayam foydali bo'lishi kutilmoqda! 💯Ertangi onlayn test natijasiga ko'ra, bilimingiz qaysi yo'nalishga mos kelishini aniqlab beramiz! 📆Yakshanba, 23-iyun kuni Imtihon Markazi hamda OLIYGOH.UZ taʼlim platformasi hamkorligida navbatdagi onlayn test tashkil etiladi. Testlar sifatiga 100% javob beriladi. 📚Yo‘nalish tanlang va ro‘yxatdan o‘ting: 👉 Huquq + Ingliz tili 👉 Ingliz tili + Matematika 👉 Ingliz tili + Ona tili 👉 Kimyo + Biologiya 👉 Matematika + Ingliz tili 👉 Matematika + Ona tili 👉 Matematika + Fizika 👉 Ona tili + Ingliz tili 👉 Ona tili + Matematika 👉 Ona tili + Tarix 👉 Tarix + Geografiya 👉 Tarix + Ingliz tili 👉 Tarix + Ona tili 👉 Biologiya + Ona tili 👉 Biologiya + Kimyo 👉 Kimyo + Matematika 👉 Geografiya + Matematika 👉 Boshqa yo‘nalish tanlash 🔖Yakunda hammaga sertifikat beriladi. 👨🏻‍💻Testga ro‘yxatdan o‘tish: 👉 Ro‘yxatdan o‘tish 👉 Ro‘yxatdan o‘tish

59,000 views

Opublikowano 21 cze

⚡️"Yilning eng yaxshi ta'lim muassasalari-2024" tanloviga start berildi ✅Eski o'quv yilini shu tarzda baholaymiz! Ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, uning yakuniy natijasiga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi barcha ta'lim muassasalarining keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshilari aniqlanadi va ijtimoiy tarmoqlarda keng miqyosda e'tirof etiladi. Quyidagi kategoriyalar mavjud: 1⃣. Eng yaxshi davlat oliygohi 2⃣. Eng yaxshi nodavlat oliygoh 3⃣. Eng yaxshi akademik litsey 4⃣. Eng yaxshi kasb-hunar maktabi 5⃣. Eng yaxshi kollej 6⃣. Eng yaxshi texnikum So'rovnoma 21-iyundan 21-iyulga qadar telegramdagi @EDUStatbot orqali tashkil etiladi va TOP-10 yetakchilar ro'yxati@ozi_nima_gaptelegram sahifasida doimiy ko'rsatilib boriladi. 21-iyul 23:59 holatiga ko'ra har bir kategoriya bo'yicha mutlaq g'olib muassasalar aniqlanadi va tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) taqdim etiladi. Ishonamizki, ushbu tanlov doirasida nafaqat jamoatchilik fikri bo'yicha eng yaxshi muassasalar aniqlanadi, balki barcha muassasalarning bir maqsad yo'lida birlashib harakat qila olishiga ham xizmat qiladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Tanlovda ishtirok etish: 👉@EDUStatbot 👉@EDUStatbot 👉@EDUStatbot Loyiha homiysi:O'zi nima gap? ✅

111,000 views

Opublikowano 20 cze

⚡️Bugundan yuridik akademik litseylarga qabul boshlandi.Qabul 1 oy davom etadi! ✅ 20-iyundan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan hujjat topshirish jarayoni boshlandi. Hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn topshiriladi. 📄Taqdim etiladigan hujjatlar: ➖ Ariza; ➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi); ➖ 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda). Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar(shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi. ✅@talimuz

69,000 views
12•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••606162636465•••70•••7576