Treść posta
⚡️"Yilning eng yaxshi nodavlat (xususiy) oliygohi-2025" tanloviga start berildi Ushbu tanlov to'laqonli so'rovnomaga asoslangan bo'lib, uning yakuniy natijasiga ko'ra Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi litsenziyaga ega barcha nodavlat (xususiy) oliygohlarining ichidan keng jamoatchilik fikri asosidagi eng yaxshisi aniqlanadi va ijtimoiy tarmoqlarda keng miqyosda e'tirof etiladi. So'rovnoma 9-avgustga qadar (20 kun davomida) telegramdagi @EDUStatbot orqali tashkil etiladi va TOP-10 yetakchilar ro'yxati@talimuztelegram sahifasida doimiy ko'rsatilib, yangilab boriladi. 9-avgust 23:59 holatiga ko'ra mutlaq g'olib oliygoh aniqlanadi va tanlovning maxsus esdalik sovg'asi (muassasa nomi tushirilgan statuetka) taqdim etiladi. Ishonamizki, ushbu tanlov doirasida nafaqat jamoatchilik fikri bo'yicha eng yaxshi nodavlat (xususiy) oliygohi aniqlanadi, balki barcha muassasalarning bir maqsad yo'lida birlashib harakat qila olishiga ham xizmat qiladi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz! Tanlovda ishtirok etish: 👉@EDUStatbot 👉@EDUStatbot 👉@EDUStatbot Loyiha homiysi:@talimuz✅