TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1019

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia35,700Liczba wyświetleń posta
Opublikowano21 lip21.07.2025, 09:01
Treść

Treść posta

❗️Maktabdagi baholar test sinovlari baliga qo‘shilmaydigan bo‘ldi 19-iyul kuni qabul qilingan Prezident farmoni (PF-114-sonli) bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi "Oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida abituriyentlarning ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlariga qo‘yilgan baholarini inobatga olish tartibini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori o‘z kuchini yo‘qotishi belgilandi. 2021-yilgi qarorga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab abituriyentlarning shahodatnomalaridagi so‘nggi 6 yillik baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichi o‘qishga kirishda inobatga olinishi va to‘plangan ballga o‘rtacha baho qo‘shib berilishi kerak edi. Masalan, 130 ball to‘plagan abituriyentga 3, 4 yoki 5 baho uchun mos ravishda 3, 4 yoki 5 ball qo‘shilishi rejalashtirilgandi. Biroq ushbu tartibni joriy qilish 2023-yilda 2 yilga kechiktirilgan edi. 19-iyuldagi farmon bilan esa 2021-yilgi ushbu qaror batamom bekor qilinib, shahodatnomadagi baholar imtihonda inobatga olinmaydigan bo‘ldi. ✅@talimuz