Treść posta
Akademik litseylarga kirish test sinovlari birinchi kuni yakunlandi Bugun, 24-iyul kuni Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududlarida akademik litseylarga kirish bo‘yicha test imtihonlari bo‘lib o‘tdi. Test sinovlari ikki smenada tashkil etilib, jarayonlarni test2025.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi. Ertaga, 25-iyul kuni test sinovlari Toshkent shahridagi maxsus belgilangan hududlarda davom etadi. 📍Test sinovi o‘tkaziladigan hudud, sanasi hamda vaqti har bir abituriyentning ruxsatnomasida ko‘rsatilgan. ❗️Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldinshaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi. ✅@talimuz