Treść posta
❗️Joriy yilda xotin-qizlar uchun 4 mingta kvota beriladi. Demak, tavsiyanomalilar uchun o‘tish ballari pasayishi kutilmoqda Xabaringiz bor, bir necha yildan buyon ehtiyojmand xotin-qizlar uchun 2 mingta grant kvotasiga tavsiyanoma asosida imtiyoz beriladi. Joriy yilda Prezident farmoyishi asosida ushbu kvotalar soni 2 barobar ko‘paytirilgan holda, 4 mingta etib belgilandi. Demak, katta ehtimol bilan tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun o‘tish ballari joriy yilda pasayishi kutilmoqda. Shuningdek, test natijalari chiqishni boshlagach, "Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi, bizga ball qo‘shilmadi-ku" degan savollarga ham duch kelyapmiz. ‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️ Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi. Ikkinchidan, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/24864). Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2024-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmaydi. ✅@talimuz