TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
TBC Bank’dan STEM va biznes yo‘nalishida o‘qimoqchi bo‘lgan qizlar uchun grant dasturi O‘zbekistonda minglab iqtidorli qizlar stereotiplar va yetarli qo‘llab-quvvatlov yo‘qligi tufayli “erkaklarga xos” sanaladigan kasblarni tanlamaydi. Buni o‘zgartirish vaqti keldi! TBC Bank tomonidan STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda biznes yo‘nalishlarida ta’lim olish uchun 7 ta grant ajratiladi. Grantlar quyidagi oliygohlarda birinchi o‘quv yili uchun beriladi: American University of Technologies, IT Park University, Amity University in Tashkent, TEAM University. Tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 13-avgustgacha yuqoridagi universitetlardan biriga hujjatlaringiz va grant arizangizni topshiring. Batafsil ma’lumot saytda.