TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1061

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia28,000Liczba wyświetleń posta
Opublikowano29 lip29.07.2025, 05:34
Treść

Treść posta

❓Davlat granti uchun chegara nima degani? Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi ulushining chegarasi haqida ko’pchilik so’ramoqda. Bu raqamlar nimani anglatishini tushuntiraman. Eng avvalo ushbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Ya’ni ma’lum bir oliygohning qaysidir yo’nalishiga ajratilgan kvotaning shuncha foizi miqdorida grant ajratilishi mumkin. Keling, aniq misol bilan tushuntiraman. • Yurisprudensiya uchun jami davlat granti kvotasi — 145 ta; • Yurisprudensiya uchun davlat granti ulushi chegarasi— 10%; • Toshkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiya kvotasi— 550 ta. Masalan, yurisprudensiya uchun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant chegarasi belgilanibdi. Bu degani, bitta oliygoh o’zi uchun uchun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini yurisprudensiya uchun davlat granti shaklida olishi mumkin, qolgani kontrakt bo’ladi. Misol uchun, Toshkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiyasiga jami 550 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uchun jami kvota hisoblanadi. TDYU mana shu 550 ta kvotaning maksimum 10% qismini yurisprudensiya yo’nalishi uchun grant shaklida olishi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topshirgan abituriyentlar 55tagacha grant olishi mumkin. Yurisprudensiyaning qolgan 495 ta kvotasi kontrakt bo’ladi. 55 ta bu maksimum cheklov. Grant undan kamroq ham bo’lishi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga bog’liq. Agar yurisprudensiya uchun ajratilgan jami 145 ta grantning 55 tasini TDYU olsa, qolgan 90 tasi boshqa oliygohlarning yurisprudensiya yo’nalishida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi. ✅@talimuz