TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1071

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia22,600Liczba wyświetleń posta
Opublikowano2 sie02.08.2025, 07:33
Treść

Treść posta

⚡️Rasman:Talabalar yotoqxonasi uchun ariza yuborish boshlandi Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarinimy.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Imtiyozli ro‘yxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi: a) tegishli tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida: ➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar; ➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari; ➖ I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar; ➖ xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar; ➖ bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari; b) oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i asosida: ➖ xalqaro va Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar; ➖ Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o‘yinlari respublika bosqichi g‘oliblari; ➖ “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari; ➖ “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari; ➖ talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: ▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; ▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; ▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679 ❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. ❗️♻️ Barcha boʻlajak talabalarga tarqating! #Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent#mandat#talaba ✅@talimuz