TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1102

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia29,200Liczba wyświetleń posta
Opublikowano11 sie11.08.2025, 07:37
Treść

Treść posta

Ta’lim agentligining akkreditatsiyasidan o‘tolmagan OTMlarning lisenziyasi bekor qilinadi Hukumat qarori bilan, Prezident administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda 2025 yil yakuniga qadar “Akkredatsiya” platformasini ishlab chiqib, unga vazirlik va idoralarning mavjud axborot tizimlarini integratsiya qilish belgilandi. Qarorga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi kompleks davlat akkreditatsiyasidan o‘tmagan va belgilangan muddatlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan ta’lim tashkilotlarining faoliyatini tugatish (lisenziyasini bekor qilish) yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritib boradi. Faoliyatini tugatish, litsenziyasini bekor qilish va ta’lim dasturini yopish bo‘yicha qaror qabul qilingan ta’lim tashkilotlari talaba va o‘quvchilarning o‘qishini davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari, kasb va mutaxassisliklariga belgilangan tartibda ko‘chirish choralari ko‘riladi. Hukumatning 6 avgustda qabul qilingan mazkur qarori 8 noyabrdan kuchga kiradi. ✅@talimuz