Treść posta
❌To‘lov-kontrakt summasi oshirilmaydi Oliy ta’lim vazirligining mas’ullari ushbu ma’lumotni tasdiqlashdi. Tez orada talabalar uchun yangi o‘quv yiliga onlayn shartnoma olish boshlanadi, shartnomada o‘tgan yili tasdiqlangan summalar aks etadi. ❓Yuridik jihatdan bu qanday bo‘ladi? ✅ O‘tgan yili to‘lov-kontraktlar miqdori haqidagi Davlat qabul komissiyasining qarori “2024-2025-o‘quv yilidan boshlab quyidagi miqdorlar tasdiqlansin” degan mazmunda chiqqan edi. Joriy yilda yangi miqdorlar tasdiqlanmaydi, demak, yuridik jihatdan o‘tgan yili tasdiqlangan miqdorlar amal qilishda davom etaveradi. Qoidaga ko‘ra, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlar to‘lov-kontrakt miqdorlarini oshirish yoki eskicha qoldirish masalasini o‘zi hal qiladi. Ammo katta ehtimol bilan ularda ham oshmasa kerak (agar 1-2 tasi istisno bo‘lmasa, albatta). ✅@talimuz