TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1149

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia28,500Liczba wyświetleń posta
Opublikowano25 sie25.08.2025, 05:46
Treść

Treść posta

​Xususiy oliygoh tanlashda nimalarga eʼtibor berish kerak? Hozirgi kunda xususiy oliygohlar soni ham ularga boʻlgan talab ham yuqori darajada, keling xususiy universitet tanlashdagi muhim jihatlarni gaplashamiz. 1. Litsenziya: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan universitet davlat tomonidan berilgan litsenziyaga ega boʻlishi lozim. 2. HEMIS tizimi: Siz oʻqimoqchi boʻlayotgan xususiy universitet HEMIS tizimiga ulangan boʻlishi kerak. Bu esa sizning davlat oliygohlari kabi bir xil diplom olishingizni ta'minlaydi. 3. Bino va sharoitlar: Universitetning oʻz binosiga ega yoki yoʻqligini aniqlashingiz kerak. Shuningdek, unda yaratilgan sharoitlar bilan tanishish lozim. 4. Professor va oʻqituvchilar: Universitetda dars beruvchi ustozlarning salohiyatidan xabardor boʻlishingiz kerak chunki bu sizning sifatli taʼlim olishingizni belgilaydi. Universitet va oʻzingiz xohlagan yoʻnalish tanlashda adashmang chunki bu sizning kelajagingizni belgilaydi. ✅@talimuz