TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1170

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia24,600Liczba wyświetleń posta
Opublikowano5 wrz05.09.2025, 06:01
Treść

Treść posta

❗️41,29 foiz abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan. Oxirgi 3 yilda holat 10 foizga yaxshilangan 2025-yilda 614 ming 768 nafar abituriyent testga kirgan. Bu o‘tgan yilgiga qaraganda 122 mingga kam. Testga kirgan abituriyentlarning ⬇️253 ming 844 nafari (41,29%) 56,7 balni (maksimal ballning 30%i) ham to‘play olmagan. O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz naq 6 foizga yaxshilanibdi. Umuman olganda yildan yilga yaxshi tomonga o‘zgarish bor, ko‘z tegmasin. Masalan, 2022-yilda 51,2% abituriyent 56,7 balldan kamroq to‘plagan edi. 2025-yilda eng yomon ko‘rsatkich Andijon viloyatida (47,6%), nisbatan yaxshiroq natija esa doimgidek Buxoro hamda Toshkent shahrida (31,4%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang). 2023-yilda 8 ta hududda, 2024-yilda esa 4 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan edi. Joriy yilda bironta hududda bunday salbiy ko‘rsatkich qayd etilmagan. Bu alohida e'tiborga molik raqam. 🟢 O‘tgan yilga qaraganda natijasini eng ko‘p yaxshilagan 5 ta hudud: ⬆️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 9% ⬆️ Navoiy — 8,9% ⬆️ Sirdaryo — 8,1% ⬆️ Buxoro — 7,8% ⬆️ Qashqadaryo — 6% O‘tgan yilgiga qaraganda natijasi yomonlashgan bironta hudud yo‘q. Hammada o‘sish bor. *** 56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30 foizi degani. Ya’ni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki. Xushnudbek Xudoyberdiyev ✅@talimuz