Treść posta
⚡️Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi belgilandi Hukumat qarori (578-son, 13.09.2025-y.) bilan “Oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. 🔰 Nizomga ko'ra, oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriatiga quyidagilar asosida o'qishga qabul qilinadi: 🔹 Prezident hujjatlari bilan tasdiqlangan bakalavriat yo'nalishlari bo'yicha davlat granti, jumladan, ta'lim granti asosida; 🔹 O'zbekiston Respublikasi ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan umumiy qabul parametrlari asosida. ✅ Kirish imtihonlari 2 bo'limdan iborat bo'ladi: ➖1-bo'lim – barcha bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun majburiy 3 ta fan – ona tili, matematika va O'zbekiston tarixidan test sinovlari; ➖ 2-bo'lim – abiturient tanlagan bakalavriat ta'lim yo'nalishiga mos 2 ta fandan test sinovlari yoki ta'lim yo'nalishiga mos kasbiy (ijodiy) imtihonlar. 📜 Qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi: ▪️ 1-bosqichda 5-iyundan 25-iyungacha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta'lim tili va test topshirish hududi; ▪️ 2-bosqichda test sinovi yakunlangach, 15 kun davomida oliy ta'lim tashkiloti, bakalavriat ta'lim yo'nalishi, ta'lim shakli va tanlov ustuvorligi tanlanadi. ⏳ Abiturientning test sinovida to'plagan ballari haqida ma'lumot test sinovi o'tkazilgan kunning ertasiga e'lon qilinadi. ❇️ Abiturientning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo'yicha tanlov natijasi ro'yxatdan o'tishning 2-bosqichi yakunlangach, 1 hafta muddatda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi. ✅@talimuz