TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1205

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia39,400Liczba wyświetleń posta
Opublikowano22 wrz22.09.2025, 14:08
Treść

Treść posta

Super-kontrakt bo‘yicha Avval xabar berganimizdek, Davlat qabul komissiyasi qarori bilan super-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha tartiblar belgilandi. Abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa (grant yoki kontraktga kirganining farqi yo’q), unda o‘z xohishi bilan BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yo‘nalishga o‘qishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki to‘rtinchi yo‘nalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat BIRINCHI yo‘nalishga qilishi mumkin. Shuningdek, tanlagan beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat beriladi. 💰Narxi qancha “super”ni, ayting? Super-kontrakt narxlari endi rektorlar tomonidan belgilanadi, shu sababli avvalgi yillardagi kabi yagona jadval chiqmaydi. Masalan, bitta oliygohning iqtisod yo’nalishi bilan, boshqasidagi iqtisod yo’nalishi narxlari ham farq qilishi mumkin. Aniq miqdorlar 25-sentyabrgacha ma’lum bo’ladi. Shu sababli “unga qancha ekan, bunga qancha ekan” deb so’rashdan foyda yo’q. Barcha oliygohlar o’z saytida va Telegram kanalida miqdorlarni e’lon qiladi. Keyinchalik hamma tasdiqlangan miqdorlar kontrakt.edu.uz saytiga joylanadi va siz onlayn shartnoma olayotganda narxi avtomatik chiqadi. ❓Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi? Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlardaoddiy kredit taklif qilishi mumkin. Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. @TalimUz