TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1232

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia40,800Liczba wyświetleń posta
Opublikowano14 gru14.12.2025, 04:09
Treść

Treść posta

❗️Xorijdagi ayrim talabalar imtihonsiz o‘qishni ko‘chirishlari mumkin Ish joyi xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan xizmatchilarning farzandlari (yoki turmush o‘rtoqlari) hamda davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlar xohishlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi davlat va nodavlat OTMlariga imtihonsiz o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi. 578-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra: “Turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini o‘tash joyi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazilgan, Hukumat qarorlari va topshiriqlari hamda tizimida oliy ta’lim tashkilotlari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilganlarning o‘qishi oliy ta’lim tashkilotlariga imtihonlarsiz Davlat komissiyasi qaroriga asosan ko‘chiriladi.” ✅@talimuz