TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #1236

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia59,500Liczba wyświetleń posta
Opublikowano17 gru17.12.2025, 04:25
Treść

Treść posta

❓Milliy sertifikatlar uchun ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri toifa beriladimi? 🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 36-bandiga muvofiq, o‘rta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarida kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega chet tili o‘qituvchilari, shuningdek, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan beriladigan kamida B+ (yoki avvalgi tizimda 80 ball va undan yuqori)darajadagi umumta’lim fani bo‘yicha sertifikatga ega pedagoglar navbatdagi majburiy attestatsiyada o‘z fanidan maksimal ball bilan baholanadi hamda ushbu fan bo‘yicha malaka sinovidan ozod etiladi. ❗️Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga, shuningdek, yuqori sinf o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri attestatsiyadan o‘tkazilmasdan toifa berilmaydi. Bunda, sertifikatga ega pedagoglar ikkinchi bosqich sinovida ishtirok etishlari majburiy hisoblanadi. ✅@talimuz