TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #128

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia109,000Liczba wyświetleń posta
Opublikowano28 mar28.03.2024, 18:04
Treść

Treść posta

⚡️Endi Toshkent davlat texnika universitetining diplomi butun dunyoda tan olinadi 2023-yilning 2-6 oktyabr kunlari Toshkent davlat texnika universitetida ta’lim sifatining jahon standartlari va mezonlariga muvofiqligi Germaniyaning ASIIN tashkiloti tomonidan baholangan edi. Baholash natijasiga ko‘ra, universitetning - Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) - Metallurgiya bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari, - Elektr ta’minoti (sanoat korxonalari va shaharlar) - Metallurgiya (metall turlari bo’yicha) magistratura mutaxassisliklari 5 yil muddatga xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, xalqaro akkreditatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma ta’lim va xizmatlarning sifati, ularning xalqaro talablarga muvofiqligi kafolatlarini tasdiqlaydi va ushbu dasturlar bo‘yicha oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplom butun dunyoda tan olinadi. ✅@talimuz