TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
⚡️Bugundan yuridik akademik litseylarga qabul boshlandi.Qabul 1 oy davom etadi! ✅ 20-iyundan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey hamda Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan hujjat topshirish jarayoni boshlandi. Hujjatlar https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn topshiriladi. 📄Taqdim etiladigan hujjatlar: ➖ Ariza; ➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi); ➖ 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda). Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar(shu kuni ham soat 24:00 ga qadar) davom etadi. ✅@talimuz