Treść posta
Chet tili sertifikati bilan bog‘liq savollarga javoblar Savol: Menda IELTS 6 sertifikat mavjud. Chet tilidan xalqaro sertifikat ma’lumotlarini kiritishda sertifikat seriyasi va raqamiga qaysi raqamni yozishim kerak? ✅Javob: IELTS sertifikatining quyi qismida “Test Report Form Number” mavjud bo‘lib, sertifikat seriyasi va raqamiga “Test Report Form Number” kiritiladi. TOEFL iBT sertifikatida esa “Appointment number” kiritiladi. Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatni xato yuklaganman. Sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritsam bo‘ladimi? ✅Javob: Sertifikat tekshirilib, rad etilgan taqdirda, sertifikat ma’lumotlarini qayta kiritish mumkin. Lekin sertifikat tasdiqlanganda yoki tekshirilayotganda ma’lumotlarni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Savol: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni 20-iyunga qadar kiritish kerakmi? Undan keyin kiritilsa, inobatga olinmaydimi? ✅Javob: Chet tilidan xalqaro sertifikatlarni qabul yakunlangunga qadar, ya’ni 25-iyungacha kiritish mumkin. Lekin sertifikatlarni tekshirish murakkab va ko‘p vaqt talab etadigan jarayon ekanligini inobatga olgan holda ertaroq kiritish tavsiya etiladi. Savol: Chet tilidan B1 darajadagi sertifikat uchun ball beriladimi? ✅Javob: oliy ta’lim muassasalariga qabulda chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat uchun ushbu fandan maksimal ball beriladi. B1 darajadagi sertifikat uchun ball berilmaydi. Diqqat! Xalqaro sertifikatlarni tekshirishda qalbaki sertifikatlar aniqlangan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etiladi. #Qabul2024#sertifikat#abituriyent ✅@talimuz