TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
⚡️Rasman:Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi 2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi. Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➖o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➖ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi. ✅@talimuz