TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
📈Bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari tahlili e’lon qilindi Davlat oliy ta’lim muassasalarida 2023/2024-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida bir talabaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha o‘qitish xarajatlari va uning qoplanish holati tahlili e’lon qilindi. 📊 Unga ko‘ra, o‘rtacha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha stipendiyasiz o‘qitish xarajatlari 13 mln 640 ming so‘mni tashkil qiladi. O‘rtacha to‘lov kontrakt qiymati esa 7 mln 446 ming so‘m, ya’ni xarajatlarning 54 foizini qoplaydi. ❌ Tahlilda ko‘rsatilishicha, hech bir sohada kontrakt miqdori yillik xarajatlarni to‘liq qoplamaydi. ✅@talimuz