Treść posta
⚡️Rasman: "Перевод" uchun test sinovlari 10-avgustdan boshlandi Oʻzbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga oʻqishni koʻchirish boʻyicha test sinovlari 10-20-avgust oraligʻida boʻlib oʻtadi. ⚽️Baholash mezoni quydagicha boʻladi: • Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha: — Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ➖ Matematika - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ➖ Oʻzbekiston tarixi - 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan. Maksimal ball – 11 ball. ✅Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 33 ball. 👉 Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta mutaxassislik fan boʻyicha: ➖1-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan. Maksimal ball – 93 ball. ➖2-fan - 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan. Maksimal ball – 63 ball. ✅ Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball – 156 ball. 🖥 Umumiy holda, 2024/2025 oʻquv yili uchun oʻqishni koʻchirish talabida boʻlganlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi. ❗️♻️Barcha abituriyentlarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent ✅@talimuz