TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #521

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia39,600Liczba wyświetleń posta
Opublikowano18 sie18.08.2024, 11:26
Treść

Treść posta

​❗️Savol: Oliygohda kontrakt asosida o'qishimga qaramasdan, shu yil DTM imtihonlarida qatnashdim va boshqa universitetga grantga kirdim. Endi 1-oliygohimdan qanday qilib hujjatlarimni olsam bo'ladi? ✅Talaba oliy ta’lim muassasasidan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin: 1. o‘z xohishiga binoan; 2. o‘qishning boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan; 3. salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida); 4. o‘quv intizomini va oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun; 5. bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; 6. o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun); 7. talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; 8. vafot etganligi sababli Hulosa, oliygohda o'qimaslik uchun 1-sabab, ya'ni shunchaki o'qishni xohlamasligingizning o'zi yetarli. Siz hechqanday ortiqcha sabablar keltirishga majbur emassiz! ✅@talimuz