TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Treść
Treść posta
⚡️Rasman: 8-yanvardan darslar boshlanadi — Qishki ta’til 7-yanvar kuni tugaydi. 2025-yilning 8-yanvaridan boshlab barcha oliy va professional ta’lim muassasalarida darslar davom etadi. O‘zbekiston Respublikasi oliy va professional ta’lim muassasalaridagi talabalar va o‘quvchilar uchun joriy o‘quv yili uchun qishki ta’til 2024-yil 25-dekabrdan boshlanib, 2025-yilning 7-yanvariga qadar davom etadi. Shu jumladan, 7-yanvar kuni ham ta’til kuni hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, maktab o'quvchilari uchun qishki ta'til 11-yanvargacha (shu kuni ham) davom etadi. Darslar esa 13-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi. Talabalarga eslatib qo'ying! ✅@talimuz