TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #689

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia84,700Liczba wyświetleń posta
Opublikowano6 sty06.01.2025, 06:30
Treść

Treść posta

⚡️O'quv markazi ochish uchun tadbirkorlarga subsidiya ajratish davom etmoqda! Talabgorlar 10-yanvarga qadar “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin. Subsidiya quyidagilarga ajratiladi: ⏺️bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga; ⏺️zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga. Quyidagi hujjatlar talab etiladi: 🔵 2 yilga mo'ljallangan biznes reja; 🔵 mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to'g'risida tuzilgan xo'jalik shartnomalari; 🔵 pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari; 🔵 pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari; 🔵 ta'lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o'quv xonalarining ijara shartnomasi (ko'chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta'lim tashkilotlari uchun). Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul. Foydalanish videoyo'riqnomasi: https://youtu.be/M_e3Lczq34U ✅@talimuz