TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #693

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia78,600Liczba wyświetleń posta
Opublikowano8 sty08.01.2025, 15:30
Treść

Treść posta

⚡️Rasman: Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha Prezident stipendiyasi g‘oliblari tasdiqlandi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hay’at qarori bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 20 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlandi. Shuningdek: ➖ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilgan ammo sovrindor bo‘la olmagan talabgorlarga bazaviy stipendiya miqdorining 5 baravari; ➖ Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, tanlovning suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabgorlari esa, bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravari miqdoridagi bir martalik pul mablag‘i bilan mukofotlanadi. ✅@talimuz