TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #698

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia85,100Liczba wyświetleń posta
Opublikowano15 sty15.01.2025, 06:03
Treść

Treść posta

Magistraturaga kirishda sertifikat talab qilinmaydi Nogironligi boʻlgan shaxslarga magistraturaga kirishda imtiyoz mavjud bo'lib, davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslar tomonidan xorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi. Eslatma: Bu barcha toifadagi nogironligi boʻlgan shaxslar uchun emas. Aynan shu qoidaga koʻra imtiyoz koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaxslarga taqdim etiladi. Asos: Prezidentimizning 20.10.2022-yildagi PQ-407-son qarori 4-bandida nazarda tutilgan. ✅@talimuz