Treść posta
📈Respublikamizning 3 oliygohi dunyoning eng nufuzli oliygohlari TOP-1000 roʻyxatida Bugun, 22-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli “Times Higher Education-THE” reyting tashkiloti “World University Rankings 2025 by Subject” — fanlar boʻyicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar roʻyxatinieʼlon qildi. Mazkur roʻyxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy taʼlim tashkilotlari ilk marotaba THE tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan fan reytingidan joy oldi. Bular: 1⃣. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 301–400, Muhandislik yoʻnalishida 501–600; 2⃣. Oʻzbekiston Milliy universiteti — Tabiiy fanlar, matematika va statistika yoʻnalishida 601–800; 3⃣. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — Taʼlim yoʻnalishida ushbu universitet 601+, Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yoʻnalishida 1001+ oʻrinni egalladi. ✅@talabauz