TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Ta'lim.uz | Rasmiy kanal
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT POST

Post #847

@TALIMUZ

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

Wyświetlenia46,500Liczba wyświetleń posta
Opublikowano17 maj17.05.2025, 06:04
Treść

Treść posta

❗️Samarqand viloyatida maktab o‘quvchilari o'rtasida sodir bo'lgan janjal ulardan birining o'limi bilan tugadi! Hodisa 14-may kuni Paxtachi tumanida joylashgan 12-umumta’lim maktabining o‘quvchisi bilan yuz berdi. Ikki nafar 11-sinf o‘quvchisi o‘zlarining hududidan taxminan 10 kilometr olisdagi Yobu mahallasiga repetitorga borgan. O‘quv markazida ular va tumandagi 1-umumta’lim maktabining uch nafar o‘quvchisi o'rtasida janjal kelib chiqqan. Janjal oqibatida o‘quvchilardan biri voqea joyida vafot etgan. Uning sinfdoshi esa og'ir tan jarohatlari bilan Paxtachi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Ularni kaltaklagan uch nafar o‘quvchi esa ushlangan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo'llanilgan. ✅@talimuz