Treść posta
2000 ta Grant uchun qizlarga tavsiyanoma berish qachon boshlandi ? — Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadarhttps://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. ❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi? • Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga; • Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga; • Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga; • 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga; • Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga; • Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga. ❓Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi? Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi. ✅@talimuz