Treść posta
Bir qator oliy ta'lim muassasalariga rektorlar tayinlandi ➖ Sherzod Neʼmatov Qarshi davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. U bunga qadar Shahrisabz davlat pedagogika instituti rektori edi. ➖ Batirbek Kaipbergenov Nukus davlat texnika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi. Bungacha u Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlagan. ➖ Dilnoza Xoʻjayeva Qoʻqon davlat universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Qoʻqon davlat pedagogika instituti rektori lavozimida ishlagan. ➖ Bahrom Toʻlaganov Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori etib tayinlandi. Bungacha u Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori lavozimida ishlagan. ✅@talimuz