TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Powrót do kanałów
Ta'lim.uz | Rasmiy kanal avatar

TGINSIGHT CHAT

Ta'lim.uz | Rasmiy kanal

@TALIMUZ

Education

🎓@TalimUz – Yangi loyiha! Yangi brend! O'zbekiston va jahon ta'lim sferasida bo'layotgan eng dolzarb rasmiy yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun bizni kuzatishda davom eting! Hamkorlik (reklama): @Talimuz_murojaatbot

Subskrybenci15.6万Obecni subskrybenci kanału
Śledzone posty912Liczba indeksowanych postów
Niedawny zasięg139,200Suma ostatnich wyświetleń
Ostatnie posty

Ostatnie posty

Tag: #talaba · 3 postów

当前筛选 #talaba清除筛选

Opublikowano 2 sie

⚡️Rasman:Talabalar yotoqxonasi uchun ariza yuborish boshlandi Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarinimy.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq, dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Imtiyozli ro‘yxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi: a) tegishli tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida: ➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar; ➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari; ➖ I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar; ➖ xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar; ➖ bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari; b) oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i asosida: ➖ xalqaro va Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar; ➖ Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o‘yinlari respublika bosqichi g‘oliblari; ➖ “Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari; ➖ “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari; ➖ talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: ▪️1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; ▪️2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; ▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi. Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. Batafsil ma’lumot: 👉https://lex.uz/uz/docs/-6568679 ❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. ❗️♻️ Barcha boʻlajak talabalarga tarqating! #Qabul2025#Abituriyent2025#abituriyent#mandat#talaba ✅@talimuz

22,600 views

Opublikowano 17 sie

⚡️Rasman:Yakuniy mandate’lon qilindi ✅ 2024–2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalarie’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣my.uzbmb.uzsayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣mandat.uzbmb.uzsayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3⃣Quyidagi botlarga ID yuboring: 👉@edtm_mandatbot 👉@edtm_mandat1bot 👉@edtm_mandat2bot 👉@edtm_mandat3bot 👉@edtm_mandat4bot Qo'shimcha imkoniyati bor botlar: ➖@DTMStat_bot ➖@DTMStatbot #Natija#Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#mandat#talaba

64,000 views

Opublikowano 14 sie

😎Bo'lajak talabalar eshiting: ​​​​​​​Talaba kim? Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi. Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi). Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi. Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi: 1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi. 2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi. 3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi). Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali... Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi). Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni. Yoqtiradi – Darsda uxlashni. Qo‘rqadi – Sessiyadan. Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi. Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi. Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q. Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da... ❗️♻️ Barcha boʻlajak talabalarga tarqating! #Qabul2024#Abituriyent2024#abituriyent#mandat#talaba @TalimUz✅️

52,600 views