TGTGInsightаналитика telegramLIVE / telegram public index
Содержимое поста
Содержимое
Yandex Go Taomlar xizmati kuryer-hamkorlari uchun bayramona kechki ovqat tashkil etdi ✨ Yandex Go Navro‘z munosabati bilan Toshkent, Samarqand va Andijonda Taomlar xizmati kuryer-hamkorlari uchun bayramona kechki ovqat uyushtirdi. Unda platforma bilan faol hamkorlik qilayotgan va buyurtmalarni sifatli bajarib kelayotgan 150 nafar kuryer ishtirok etdi. Bayram kunlari aynan ular minglab foydalanuvchilarga oilaviy uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradi. Bu safar esa servis bayramni aynan kuryerlarga bag‘ishladi 🛵 Mehmonlarni milliy taomlar, samimiy muloqot va sovg‘ali jamoaviy viktorina kutdi. Kecha yakunida esa ishtirokchilarga yaqinlari bilan ulashish uchun shirinliklar to‘plami topshirildi. 👉@ANDIJON_BUGUN