Содержимое
HONOR O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasining rasmiy hamkoriga aylandi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va HONOR kompaniyasi o‘rtasida strategik hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Tantanali marosimda UFA va HONOR rahbarlari, blogerlar va OAV vakillari ishtirok etdi. Kelishuv milliy futbolni rivojlantirish, terma jamoalarni qo‘llab-quvvatlash hamda sportga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan. Tadbirda UFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va HONOR Yevroosiyo Bosh Marketing Direktori Tan Minyang shartnomani imzoladi. Hamkorlik nafaqat futbolni rivojlantiradi, balki milliy terma jamoaning xalqaro maydondagi obro‘sini oshirishga yordam beradi. Marosim yakunida futbolchilarga HONOR’ning N seriyasiga mansub yangi avlod smartfonlari topshirildi.