TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
Kanallara dön
Hid Gallyutsinatsiyasi avatar

TGINSIGHT CHAT

Hid Gallyutsinatsiyasi

@TillanisoEN

News and media

(-) cheksizlikdan (+) cheksizlikkacha

Aboneler1,740Mevcut kanal aboneleri
Takip edilen gönderiler1,002İndekslenen gönderi sayısı
Son erişim6,921Son görüntülemelerin toplamı
Son gönderiler

Son gönderiler

1. sayfa / 84 · 1,002 gönderi

Yayınlandı 18 Nis

196 views

Yayınlandı 17 Nis

https://youtu.be/8ayX6ZSpBgg?si=GNVuEaM4XZHU1sZJ Hafta davomida suriyalik shoir, zamonamizning eng buyuk tirik shoiri deb ataladigan, she'riyat bo'yicha dunyo miqyosida olmagan mukofoti qolmagan, 20 martadan ortiq Nobelga nomzodi ko'rsatildi deb bilinadigan…

275 views

Yayınlandı 16 Nis

TUSH Bugun tush ko'ribman, yostiqlarim ho'l. "Ona, xatlarimni qayga bekitding, Yoqib yubordingmi atay ularni Sevgidan eng ma'yus xotiralarni, Iztiroblarni, titroq baxtlarni. Savolingni qo'ygin, savollar berma. Tug'ilgandan xato hamma javoblar. Ista ayblagin, meni tushinma, Xatlarimni bergin, xatimni yoqma. Ista biroviga yubor uzatib, Yuragimni yoqma, xatimni yoqma. Qo'rquvlarim yetar, mutassil titrab Xazondek sarg'ardim qoshingda. Adashtirib dunyosiga olib kelgan sen, Menman- ma'shum titroqlardan bo'lganman ado. Izn ber... Xatimni yoqma!" Ma'shum tushlar Ma'shum yig'ilar Ma'shum uyqulardan ochdim ko'zimni Ko'z ochmoq ham uyqu, Bedorlik uyqu, Ko'z yoshlar ham uyqu, Yupatmadim endi o'zimni. Oqayotgan suvga o'xshayman Toshlarga urilib telba teskari Goh oldga oqaman Goho oldinga Aylanar boshim. Ming yilki qo'rquvning vahmzorida Bir hushtak ovozin tingladim titrab "Ana yetib keladi qotil, mana, keladi" Qo'llarim yemrildi, oyog'im idrab. Ming yilki, zikr etdim, ming yil jim turdim, Ming yil qattiq charchadim. Nursizlikni sevdim, harir zulmatni, Yorug'likka o't qo'ydim, do'stlarim. Va boshim aylandi Toshlarga urilgan suvdek Tushlarimga nogoh yiqildim. Tirmashib cho'qqiga, toyib oyog'im Ma'sum xotiraga singrab sig'indim. Dunyoning tubiga tushdim har kuni Har kun yo'lga chiqdim poyu piyoda Qotil men dedim, razil men dedim Uloqtiring meni tublarga, Joy yo'qdir mendaylarga dunyoda. Uloqtirdim ming yil o'zimni, Ming yil dunyo tomon qattiq tirmashdim. Sevdim zulmatni, harir vahmzorlarda Men go'zal adashdim, mangu adashdim. Lan'atladim mangu yorug'likni men, Ko'z ochmoq zulmatdir, bedorlik zulmat. Dunyo, qizg'onmagin ma'yus xotiralarni, Ona, xatlarimni yoqmagin faqat.

358 views

Yayınlandı 15 Nis

Sizni o'pib olgim keldi Bo'yningizdan, lablaringizdan. Siz eshilib gapirardingiz Bosib o'tgan yo'lingiz haqda She'rga mehringiz va Yozgan she'ringiz haqda. Siz bilan sharob ichdik. Siz bilan raqs etdik o'zni unitib. Ketar chog'da sizni o'lguday o'pdim - bu mening iztirobga edi qullug'im. Iztirobingizdan yuksalib Kela oldingizku Shu yo'lni bosib. Biz bo'saga aylanib, O'pdik iztiroblarni.

559 views

Yayınlandı 13 Nis

Zamonaviy zombi O'zimni zamonaviy zombi his qilyapman. Hamma narsada davrim o'tgandek, Yasashni o'rganyapman boladan - Aytyapmanki, miyamni o'chiring Hamma narsa xato deyishdi, Boshida programma qo'yishdi "Bu to'g'ri", "Bu noto'g'ri" degan. Yashadim programmalar ichida. Men bor yo'g'i programmaman. To'g'risini qilishga, Noto'g'risini qilmaslikka Urindim. Hayot yaratmoqchiydim Idealga mos. Urindim Kirishdim Endi yaratishni boshlaganimda To'g'risi ham xato Noto'g'risi ham xato - Mutlaq boshqa hammasi deyishdi. Boshqa... Hammasi mutlaq boshqa... Tamom. Zamon og'irlik qilyapti menga, zamon Men keksa emasman, O'rta yosh emasman, Hatto 30 da ham emasku yoshim Ammo zamon chiqindisiman, Zamonaviy zombi. Miyam ishlamay qoldi Ko'tarolmay qoldi programmalarni Miyam hech nimani qo'ydi o'qimay Hislarni Fikrlarni Sezimlarni - Axir hammasi butunlay boshqa. Har kun yangi bir qadriyat To'tiqushdek Har yoqdan takrorlar hamma Ruhshunoslar Genshunoslar Gapshunoslar Televizor Kitoblar Futurologlar. Zamon yangi deyishadi, Zamon yangi Miyam axlatxona. Zamonaviy zombi. Har kun yangi qadriyat. Lekin hamonki, Yig'lagan yoshima Yig'loq tovshima Oshiqlar bor. Ular shuni iste'mol qiladi mendan. Ular shuni oladi sotib. Men bu zamonda Ko'zyosh to'kish tomoshasiga yollanganman. Odamlar rahmini iste'mol qilaman. Borgan sari sun'iy ko'z yoshim, Borgan sari rahm iste'moli xush yoqar menga. Rahm iste'mol qilish xush yoqadi. Tun kun izillab, Shamday erib yig'lash Tomosha Faqat shuni istayman Faqat shuni, Boshqa hech narsa P.s: shu she'rimni milleniallar fojeasi deb atasam ham bo'larkan aslida. Albatta yozgan paytim (5 yil avval) buni tushinmaganman. Hozir milleniallar haqida maqola o'qib (hamma hayotiy yo'riqnomalar yo'qqa chiqqan yagona avlod ekan), o'sha paytda his qilgan dardlarimning sabablarini anglagandek bo'ldim.

725 views

Yayınlandı 10 Nis

https://youtu.be/8ayX6ZSpBgg?si=GNVuEaM4XZHU1sZJ Hafta davomida suriyalik shoir, zamonamizning eng buyuk tirik shoiri deb ataladigan, she'riyat bo'yicha dunyo miqyosida olmagan mukofoti qolmagan, 20 martadan ortiq Nobelga nomzodi ko'rsatildi deb bilinadigan, eng muhimi arab she'riyatining mutlaq reformatori deb tan olinadiga sevimli Adonisning she'rini o'girish bilan band bo'ldim. Boshida menga uning yozish uslubi, syurreal ifodalar, intellekt va hissiylikning yuqori uyg'un darajasi - bir so'z bilan undagi daholik jozibali tuyilgandi. She'rning ichiga kirarkanman, so'zlardan qon silqishini angladim. Tarjimaga tortgan she'rim Lubnonda davom etgan fuqarolar urushi qirg'ini, jumladan, Isroilning 1982-yilda Bayrutni o'qqa tutushi haqida ekan. Adonis buni: Yer yuziga o'tlab ketadi To'ppak-to'ppak qon suruvlari yoxud: Havo tanasiga chizilgan qoldiq: Lubnon bolasi va shu kabi qonli syurreal jumlalar bilan tasvirlaydi. Damashqlik bo'lsa-da shoir Bayrutda yashagan, sababi Bayrut Yaqin Sharq Pariji atalgan tarraqiyligi jihatdan. Endi u Bayrut yo'q... Shunga shoir yuragidan qon silqadi. Tarjimani yaqin kunlarda ulasharman. Hozircha "arab onasi" deb atalgan kuyinchak primadonna Fayruzning Bayrut marsiyasini tinglaymiz... P.s: Bugun Isroil Bayrutni yana bombalashni boshladi P.ss: Buyuk shoirlarni buyuk og'riqlar, siyosiy jarayonlar tug'adi degani rost

646 views

Yayınlandı 8 Nis

Kitob tanlashda yordamlariz kerak. Navbatma-navbat 3 ta jahon, 3 ta o'zbek adabiyotidan asar tanlab o'qib boryapman. O'zbek adabiyotidan 3 ta romanim tugadi. Orada Hamid Ismailovning "Raqqosa" romani, Shuhrat Bobojonning "Taym mashin: 1984" i, Krasznahorkay novellasi va "Molxona"ni, bir qancha hikoyalarni ham o'qib chiqdim. Yana tizimimga qaytish uchun 3 ta jahon adabiyotidan roman tanlashim kerak. O'zim "Yo'l", "Pashshalar hukmdori"ini ko'z ostimga olib qo'yganman. Ehtimol, men bilmagan yana boshqa bulardan-da dolzarb asarlar bordir. Yangi chiqayotgan hamma kitobni ham ko'rib ulgurmayapman. Shunga tavsiya qilib ketinglar.

655 views

Yayınlandı 6 Nis

Rolsiz odam U sahnaga chiqdi. Rolsiz odam. Odamlarni qildi tomosha. Ko'ksida qo'li. Bir burchakda stol topib o'tirdi. Kursi g'ichirloq ekan. Sindi. Turdi. Qistab qoldi. Yolzilgisi keldi chunonam. Va "vush"... Rejissyor kelib urdi. Rolsiz odamga tomosha ko'rsatish buyurilmagandi. Odamlar kuldi gur-gur tomosha va achimsiq hiddan. "Ana masqaraboz" - nuqti barmoqlar. Tushrildi parda. Rolsiz odam chiqdi yana. U yoqdan bu yoqqa yurdi. Gapirsammi dedi-yu Qaradi o'tirganda, qaradi turganga ham... Kimning ko'nglin xushlolmay halak edi... Keyin botdi o'z o'ylariga. Bir Ikki O'n soat. Zerikish viz-vizlab uchdi pashshadek. Loqaydlik g'o'ng'illardi Quloqlari ostida. Shishib ketgan badanida goh Jiz etardi nadomatning pashshasi. Keyin bir siqilgan bolami yo shumtaka kasallik Oldiga chiqib sahnaga choptirdi - "Vuy". Uning tomoshasi - tomoshasizlik - esnoq - siyg'oq bilan etardi davom. Oh o'lsa bo'lmasmidi bir qizni sevib Majnun kabi yongan pallada Onasini Otasini yo'qotganda Bo'lmasmi o'lsa... Haq so'z huv o'sha minbardan aytganda Tutmabdi-da yurak xuruji Ayg'orga qo'l, so'ng dil bergan palla. Zindonlarda yotib tepkilansa bo'lmasmi edi O'sha rollarni o'ynayotganda Hamlet Otello Fitrat rolida. Nechun tajribaga ko'nikdi. Nechun bunga rozi qildi zamon. Yo Godoni kutmoq bo'ldimi? Yo'q, rejissyori bu qadar aqlli emas. Rejissyor eng ta'sirli aktyorning eng Ta'sirsiz rolini ko'rmoqchi edi. Aqlini olib afyun shamollar Nohaq tajribaga o'zi-da ko'ndi. Rolsizlikda kimga qanday yoqishni bilmasdi bu odam Kimga qanday boqishni ham. Va endi o'zi ham rol tanlolmay qolgan edi o'ziga. Sahnadagi miltiq otilganidek Rolsiz odamni rolsizligi otib o'ldirdi. Faqat juda kech. Sahna -siyg'oq botqoq. Atrof - loqayd viz-viz. Ohang - chalamurdalik torgan homuza. Pashshalarning nishi ortiq ezmagay. Rolsiz odam, O'liming ham juda kech. Juda erta topshirgandek o'zingni "muhit erkiga".

865 views

Yayınlandı 5 Nis

https://youtube.com/shorts/TiyT--SQVw8?si=u2H-GvSKvJYaWg0U Mana bu yerda ferritin va ayollar asabiyligi mavzusida yaxshi gap aytilibdi. Umuman, endi bizni yutub kontentmekyerlar ham faqat gemoglabinni o'zi emas, ferritin haqida gapirishni boshlabdi. Bu yaxshi mujda. Qator videolar bor ekan shu haqda. Yana bir bor: sog'lig'ingizni asrang.

645 views

Yayınlandı 5 Nis

Homiladorlik payti va undan oldin ferritinni ham muntazam kuzatib turish kerak. - bir tadqiqot chiqqandi. O'zbek ta'lim tizimi muammolari haqida. Bolalarning yaxshi o'zlashtirolmasligi haqida. Sabab qilib homiladorlik payti onalarning to'yib ovqat yemasligi ko'rsatilgan birinchi galda. Qo'shimcha qilib, to'g'ri ovqat yemasligi deb aytardim. Masalan, go'shtni choy bilan iste'mol qilishimiz misolini aytdim yuqorida. Va o'rta darajada anemiya bilan tug'ish bizda normal hisoblanishi, hech kim bundan xavotir olmasligi ham yana bir sabab deb bilaman. Homiladorlik mahali anemiyadan to'liq xalos bo"lish kerak. Hurmatli erkaklar, homiladorlik mahali ayolingizning mana shu ko'rsatgichlariga siz ham ma'sul bo'ling. - maktablarda tibbiy savodxonlik darslarini yo'lga qo'yish va uni hayot bilan bog"lash. Ta'lim avvalo hayotga xizmat qilish kerak. Xuddi Xitoyda ta'lim to'g'ri nafas olishdan boshlanganidek. Birinchi navbatda tanaga g'amxo'rlik qilishni o'rganmasa, aqlli millat chiqmaydi bizdan. Kuchning yarmi kasallik bilan kurashib isrof bo'ladi. Sog'lom tanda sog' aql degani bu faqat sport bilan shug'ullanish shiori bo"lmasligi kerak. To'g'ri ovqatlanish, to'g'ri nafas, to'g'ri uyqu, tanaga qaysi paytda qanday g'amxo'rlik qilish, tana o'zi nimalardan tarkib topganini ham o'rgatish - mana bu sog'lom tanda sog' aqllni tarbiylaydi. Har doim sog' bo'ling. Unutmang, ko'zimizga katta ko'ringan kasalliklar biz nazarga ilmagan mayda dardlarning doimiyga aylanib qolishi tufayli sodir bo'ladi. Va yana unutmangki, avval tana, keyin ruh! Tanangizni asrang!

602 views

Yayınlandı 5 Nis

ANEMIYADAN SAQLANING! Ayollar erkaklardan ko'ra anemiyaga moyil bo'ladi. Sababi hayz. Bu paytda organizmda gemoglabin miqdori past bo'lsa, tana o'z ferritin zaxirasidan ishlatarkan. Zaxira tugasa asab tizimi ishdan chiqadi. Meni shu zaxiram tugab ketgani uchun hatto oyog'im ishlamay qolgan bir paytlar. 2 oy kasalxona, 2 oy uyda yotganman. Qolgan simptom va og'riqlarni aytib o'tirmay... Ammo bu takrorlanuvchi ekan. Keyin ham bu holat davom etgan. Men asabga, qanaqadir mavhum kasallik, uyimdagilar eskichaga yo'yib doim behol, yarimkasalmand bo'lib yuraverganman. Yaqinda SI bilan o'zimga tashxis qo'ydim va ferritin topshirdim. Analiz kutganimdek chiqdi. Gemoglabin go'yo "bo'ladi" - o'rtacha anemiya, jaa o'ladiganmas, lekin ferritin tugab ketgan. Shunga muvofiq o'zim davolanishni boshladim. Simptomlar chekina boshladi. Tibbiy savodxonligim vaqtida tuzuk bo'lganda shuncha qiynalmasdim deb o'ylayman... Shuni uchun bu tajribani boshqalarga ulashgim keldi. Aslida ferritin ham, qon miqdori ham go'sht orqali, boshqa mahsulotlar orqali ko'tariladi. Biz go'shtxo'r millat bo'lsak, nega anemiya ko'p? Sababi go'shtni qanday yeyishni bilmasligimizda. Go'shtxo'r va choyxo'r millatmiz. Choy go'shtning ta'siri, temirga aylanish funksiyasini kesadi. Natijada yegan go'shtimiz opoyi-xudoyi ketadi. Qon ko'paytiruvchi boshqa mahsulotlar bor - ularni yeymiz, ammo ularni nima bilan yemaslik keragini bilmaymiz. Aynan shu sabab ularning ta'siri kesiladi. Hammasi tibbiy savodxonligimiz pastligidan. Xitoyda bolalarga birinchi sinfdanoq to'g'ri nafas olish o'rgatilarkan. Yaponiyada maktab bolalariga maktabning o'zi 1-sinfdan 11-sinfgacha har kun tongda bittadan bedana tuxum yediradi. Bejizga emas. Men universitet poliklinikasida doim kritik anemistlar ro'yxatida turganman. Albatta, o'zimning ahmoqligim, buning nima ekanini tushinmaganim uchun parvo qilmaganman. Ammo o'sha yerdagi duxtirlar ham "hoy ahmoq, buning nima ekanini bilasanmi" demagan. Keyin univerni bitirgan yilimdan keyingi yil o'sha oyoq ishlamasligi, qon bosim o'ynashi, nevroz va "yiqilib qolish" hodisasi sodir bo"lgan. Bunaqa narsalarni maktabdayoq qizlarga tushintirib borish kerak - hayz haqida qizlarga gapiriladi maktabda. Ammo o'sha paytda o'zingga qanday g'amxo'rlik qilish aytilmagan. O'zlari ham bilmagan deb o'ylayman. Xullas, hayzdan keyin kamida 7 kun qon ko"paytiruvchi ichish kerak bo'larkan. Agar sizda o"rta darajada anemiya bo'lsa ham hatto. Bo"lmasa tana uch-to'rt oyda o"z ferritinini yeb qo'yadi. Shulardan kelib chiqib bir necha tavsiyalarim bor: - qon va ferritiningizni har bahor va kuzda tekshirtirib turing. Analiz qimmat emas (ikkalasi birga bir kilo go'shtni puli bo"ladi.) - go"shtni hech qachon choy bilan tanovul qilmang. -qon ko'paytiruvchi mahsulotlarni sut-qatiq bilan birga iste'mol qilinsa, foydalilik xususiyati ketadi. - iloji boricha har hayzdan keyin bir hafta qon ko'paytiruvchi tabletka yoki maxsus dalham-dorilar tayyorlab iste'mol qiling. Qon tanadagi eng muhim manba. U tushib ketsa, miya dofamin ishlab chiqarmay qo'yadi. Stress, tushkunlik boshlanadi. - Agar siz erkak jinsida bo'lsangiz, ayol, qizlaringizning ferritin va qon tarkibini tez-tez tekshirtirib turing. "Ayollar bizda juda asabiy degan" gap bor. Sabab bizda ayollarning ko'pchiligida anemiya bor. Ayniqsa, ferritin tanqisligi. Ferritin tanqisligi nerv tizimini naqadar bloklab qo'yishini oyoqlarim deyarli ishlamaydigan holga kelgani misolida aytdim. Nerv tizimi tizzadan tashavorgan o'shanda. Asabiylik shunchaki atrof-muhitga javob reaksiya emas, birinchi navbatda tanada moddalar yetishmasligining aksidir. - homilador bo'lishdan avval qon miqdori va tarkibini tekshirtiring. Men o'zim uchun kichik tadqiqot qildim. Va hozircha homilador kelinchaklarimiz ko'pi o'rta darajada (8-9) qon bilan bemalol tug'aman deb yurganiga guvoh bo"ldim. Mutlaqo xato, nainki o'ziga, bolaga ham kislorod yaxshi yetib bormaydi. Kislorod yaxshi yetib bormagan homila aqliy rivojlanishida muammo bo'ladi. Ferritin bo'yicha biz ayollar tasavvurga ham ega emasmiz.

538 views

Yayınlandı 4 Nis

Bugun "Amir Temur" filmini tomosha qildik. Filmda menga yangi narrativ yaratilgandek tuyildi. O'ljoy Turkon bosh planga chiqarilgan. Odatda Temurni rafiqasi deganda Bibixonimni tasavvur qilib o'rganib qolganmiz. Ammo birinchi xotini O'ljoy Turkon roli haqida bilmasdik. Film orqali bilib oldim. Eng yoqqani, film Amerikadagi o'zbeklar tashabbusi bilan olingan. Mana bu jamiyat uyg'onayotganining yaxshi belgisi. "Voy, esiz, pul, bo'mabdi" deganlarni ham eshitdim. "Men bilgan Temurga o'xshamabdi" deyishdi. O'zi biz Temurni qanchalik bilardik? Bunaqa gaplar bilan pulini, kuchini millat madaniyati, san'ati, adabiyotini eksport qilmoqchi bo'lgan boy qatlamimizni hurkitmasdan, qo'llash kerak degan fikrdaman. E'tirof etaylik. Buning uchun esa kinoni borib ko'rish kerak.

857 views
123•••5•••10•••15•••20•••25•••30•••35•••40•••45•••50•••55•••60•••65•••70•••75•••80•••8384
Önceki1. sayfa / 84Sonraki