Gönderi içeriği
🕸Forgeni analogi borligini bilarmidingiz? PHP/Javascript va Laravelga oid loyihalarni serverga yuklash va serverni boshqarish kabi siyqasi chiqqan ishlarni amalga oshirishni osonlashtiruvchi forge.laravel.com xizmati bor. Lekin u pulli. Shunga yarasha xatosiz va ishonchli ishlaydi. Lekin forge loyihasiga analog sifatida open-source Vitodeploy loyihasi chiqarilibdi. Bu loyiha Saeed Vaziry ismli dasturchi tomonidan Laravel freymvorkida ishlab chiqilgan, 2.5 yildan oshiq vaqt sarflagan ekan. Buni qilishning sababi u forge.laravel.com servisiga pul to'lash uchun onlayn to'lovlar ishlamaydigan davlatda yashaganligi bo'lgan. Shu to'siq tufayli u o'zi uchun yechim qilgan. Buni 2023 yil oxirida reliz qilgan. Oldin bu loyihani u pulli servis sifatida sotgan lekin o'ylab qaraganidan so'ng PHP hamjamiyatidan qarzdorligini tushungan va uni open-source qilishga qaror qilgan (ko'plarimiz uchun ibrat olsa bo'ladigan yurish). Loyihani ishlatib ko'rdim. Ajoyib, forgedan qolishmaydi. Hamma imkoniyatlari mavjud. Lekin bu proyekt o'zingizni serveringizda o'rnatilgani va open-source bo'lgani uchun biror kamchilik chiqib qolishi mumkin, shu tarafi minus demasa, qolgan hammasi zo'r. Nimadir qo'shimcha qo'shish kerak bo'lsa, o'zingiz shu loyihani kodiga qo'shimcha qilib yozishingiz mumkin, chunki laravelda yozilgan 😊 Postga qistirilgan rasmlarda shu loyihani o'z serverimda o'rnatib, ishlatib, ichidan misollar keltirganman. 🔗Github repozitoriy #forge#vitodeploy @todaysobirjonov