TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 2 条相似帖子

搜索 #ijtimoiyloyiha

当前筛选 #ijtimoiyloyiha清除筛选

🗣Inklyuziv rivojlanish yo‘lida: “Hands of support” 🤩Xabar berganimizdek, Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi qoshida yangi — “Hands of support” volontyorlik guruhi ish boshladi. 🖐Guruhning asosiy maqsadi — nogironligi va alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bolalarning jamiyatga to‘laqonli integratsiyasini ta’minlashda ularning kommunikativ, ijodiy va hayotiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat. 💼Volontyorlar o‘z faoliyatini “Imkon” reabilitatsiya markazidan boshladi. Dastlabki bosqichda guruh a’zolari markazdagi 4–5 yoshdagi bolalarning rivojlanishi bo’yicha mashg’ulotlarida ishtirok etib, bolalar bilan ishladilar. 🎤Mashg‘ulotlar davomida bolalarning muloqot ko‘nikmalari, mayda motorikasi, ijtimoiy faolligi rivojlantirishga qaratilgan turli interaktiv va qiziqarli usullar qo‘llanildi. #HandsOfSupport#Volontyorlik#Inklyuziya#IjtimoiyLoyiha#MehrUlashing 📱Telegram📱Facebook 📱Instagram📱Youtube 📱LinkedIn

Сhilonzor tumani hokimligi Matbuot xizmati

@Chilonzor_tuman_hokimligi · Post #80591 · 2026/02/20 11:16

#XavfsizMahalla #BarqarorOila #BeshkorgonMFY #XotinQizlar #IjtimoiyLoyiha #HuquqbuzarliklarningOldiniOlish “Xavfsiz mahalla — barqaror oila” ijtimoiy loyihasi doirasida davra suhbati o‘tkazildi Tuman mahallalarida xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida “Xavfsiz mahalla — barqaror oila” ijtimoiy loyihasi doirasida manzilli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan “Beshqo‘rg‘on” MFY tomonidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” asosida aholining ijtimoiy hayotga moslashuvini ta’minlash, oilaviy barqarorlikni mustahkamlash maqsadida xotin-qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida xotin-qizlarning oila turmushi, ijtimoiy va psixologik masalalarga oid muammolari tinglanib, mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga samarali yechim topishga xizmat qilmoqda. 🔵@Chilonzor_tumani_hokimligi