TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← () => "翠楼屋"

TGINSIGHT SIMILAR POSTS

查找相似内容

Source channel @lambdaexpression · Post #310 · 2月13日

by iPhone13 Pro #摄影

Hashtags

Results

找到 1 条相似帖子

搜索 #limonyetishtirish

当前筛选 #limonyetishtirish清除筛选

🍋Limon yetishtirish va eksportini rivojlantirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi 🇺🇿Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini kengaytirish borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Shu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi topshirig‘iga asosan, Xorazm viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi tomonidan Urganch shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida limon yetishtirish va uni eksport qilish imkoniyatlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. 👀Seminar davomida: 🔵 Limonning O‘zbekiston sharoitiga mos, eksportbop navlari; 🟣 Ularning biologik va foydali xususiyatlari; ⚪ Parvarish, sug‘orish va o‘g‘itlash jarayonlari; 🔵 Talab qilinadigan harajatlar va olinadigan daromadlar; 🟢 Issiqxona tashkil qilish bo‘yicha davlat tomonidan beriladigan imtiyozli kredit va subsidiyalar haqida batafsil ma’lumot berildi. 💬Tadbir yakunida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar. #Xorazm#Bandlik#Kambag'allikniQisqartirish #LimonYetishtirish#Eksport#KasbiyKo‘nikmalarMarkazi ✅RASMIY SAHIFALARIMIZGA OBUNA BO'LING 📱Telegram | 📱Instagram 📱Facebook | 📱Web-sayt 📱Youtube | 📱Vakansiya_bot 🇺🇿Xorazm viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi Axborot xizmati