የልጥፍ ይዘት
🔵Navoiy viloyatida raqamli ta’limni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi 📌Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R.Karimjonov hamda Vazirlik huzuridagi “Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi” DM xodimlari Navoiy viloyatiga tashrif buyurib, viloyatda raqamli ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha IT Parkning ta’lim rezident kompaniyalari bilan uchrashdi. ⚡️ Jumladan, Respublikaning TOP-10 ta IT o‘quv markazlaridan biri bo‘lgan Navoiy shahridagi “Sensorika” IT-o‘quv markazi, “IT and IELTS SCHOOL” muassasasi, yangi tashkil etilgan Co-Working markazi faoliyati, shuningdek, IT Parkning Navoiy viloyatidagi ta’lim rezidentlari hamda ushbu maskanlarda ta’lim olayotgan yoshlar va frilanserlarning qiziqishlari bilan yaqindan tanishilib, mavjud imkoniyatlar haqida o‘zaro fikr almashildi. 📌 Bundan tashqari Xatirchi tumanida tashkil etilishi belgilangan "IT-shaharcha" yuzasidan Xatirchi tumani hokimi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi va chora-tadbirlar belgilab olindi. Batafsil: 👉https://digital.uz/news/view/19916/ 📩Telegram📱Facebook📱Instagram📺Youtube🐦X🌐LinkedIn🐦Threads