የልጥፍ ይዘት
#IT_sertifikat_Navoiy Navoiylik Sevinch IT sertifikat hamda IT kursda o'qish xarajatlarini 100 % qaytarib oldi 📢Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetining 1-kurs talabasi Sevinch Bahodirova “Google” kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan “Kiberxavfsizlik asoslari” kursini oʻqib, professional IT sertifikatni qoʻlga kiritdi va sertifikat xarajatlarini “IT-isteʼdod” dasturi orqali toʻliq qaytarib oldi. ✅Bu hali hammasi emas. Sevinch Navoiy viloyatining “Sensorika” oʻquv markazida Python kursini tamomladi. Ingliz tilini bilgani bois oʻquv markazida oʻqish uchun sarflagan xarajatlari ham 100 % qaytarib oldi. ⚡️Yandex platformasining “Backend” boʻlimida amaliyotchi sifatida ishga qabul qilindi. IT sertifikatni Siz uchun oʻrni va ahamiyati qanday? Izohlarda yozib qoldiring. 🌐Sayt🚀Telegram🔵Facebook 📷Instagram🎬YouTube🎰Linkedin