የልጥፍ ይዘት
✏️Navoiy shahrida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabi va "SENSORIKA" IT-o'quv markazi tomonidan o'quvchilarning IT-ta'limi hamda ular uchun bir qator imkoniyatlarni qamrab olgan, har ikki tomonga manfaatli bo'lganMemorandum imzolandi. "SENSORIKA" IT-o'quv markazi vakillari maktab direktori S.S.Mavlyanov tomonidan iliq kutib olinib, maktab bo'ylab ekskursiya uyushtirildi. Sinfxonalarda IT-ta'lim uchun yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarni ko'rish, biz uchun, quvonarli holat bo'ldi. Yoshlar bilan o'tkazilgan suhbatda "IT" sohasining kelajakdagi o'rni naqadar yuqori ekanligi misollar va dalillar asosida keltirildi. O'ylaymizki, ushbu Memorandum IT-ta'limga qiziqadigan yoshlarimizga bir qator qulayliklar yaratib,Vatanga sadoqatli IT-mutaxassislar bo'lib yetishishishlari uchun zamin yaratadi! 📞+998939503030 ✏️Ro'yxatdan o'tish! 📱Sensorika.uz |📱Telegram |📱Instagram 📱Facebook |📱Youtube |📱ok.ru