የልጥፍ ይዘት
🧠Sun’iy intellekt loyihalarini moliyalashtirish yanada kengaytiriladi! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori (PQ–320-son, 30.10.2025 y.) qabul qilindi. 📌Qarorning asosiy maqsadi: ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan ustuvor va startap loyihalarni keng ko‘lamda moliyalashtirishdir. Qarorga muvofiq: Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2026–2027 yillarda qo‘shimcha 100 million AQSh dollari ajratiladi. ❗️Mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi: - 50 mln dollar — davlat organlari va tashkilotlar faoliyatiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish uchun beg‘araz asosda; - 50 mln dollar — “Fondlar fondi” va “IT Park Ventures” venchur jamg‘armalari ustav kapitaliga kiritilib, sun’iy intellekt startaplarini qo‘llab-quvvatlash uchun. Mablag‘larni taqsimlash “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi orqali amalga oshiriladi. 📞+998939503030 ✏️Ro'yxatdan o'tish! 📱Sensorika.uz |📱Telegram |📱Instagram 📱Facebook |📱Youtube |📱ok.ru