TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mahbubiy | محبوبى
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT POST

Post #19945

@themahbubiy

Mahbubiy | محبوبى

المشاهدات5,950عدد مشاهدات المنشور
نُشر9 أكتوبر09‏/10‏/2024، 06:23 م
المحتوى

محتوى المنشور

Hozirgi "muhabbat" da'vogarlarining muhabbati mana shunday... Suhbat xulosasi: "Hoy yigit, baliqni nega yeysan?" deyman. "Chunki men baliqni yaxshi ko'raman", deydi. "O'h, sen baliqni yaxshi ko'rasanmi? Shuning uchun uni suvdan chiqarib, o'ldirib, pishirasanmi? Menga baliqni yaxshi ko'raman, dema. Sen o'zingni yaxshi ko'rasan! Zotan senga baliqning ta'mi yoqadi. Sen uni suvdan chiqarib, o'ldirib, pishirib yeysan. Ko'pincha "muhabbat" deb atalayotgan narsa ana shu "baliq sevgisi"dandir. Yigit-qiz bir-birini yaxshi ko'rib qoladi. Bu nima degani? Buning ma'nosi shuki, yigit ayolda o'zining jismoniy va ma'naviy ehtiyojlarini qondira oladigan shaxsni ko'radi. Ayol ham unda o'zi uchun shunday shaxsiyatni ko'radi. Shu "muhabbat" deyiladi. O'zi ikkalasi ham o'z istak-hojatlarini istayotgan bo'ladi. Bu o'zgani yaxshi ko'rish emas! Balki bunda qarshi tomon ehtiyoj qondirish vositasi, xolos. Ko'pchilik "sevgi" deb ataydigan narsa mana shu "baliq sevgisi"dandir. Bu yuzaki muhabbat. Aslida muhabbat oluvda emas, beruvdadir! Husaynxon Buxoriy