محتوى المنشور
Bandaning qalbdi biror insonga nisbatan g'ashlik qolmasa, Qadr kechasida qilingan ibodatlari qabul bo'ladi. Qadr kechasini har kim o'zi va Robbisi bilan yolg'iz o'tkazishi kerak. Bu Qadrni topishga sabab bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlarga biror ilm olaman yoki biror ma'lumot qidiraman deb kirsangiz, mayli. Lekin nima bo'lyapti ekan - deb kirsangiz, lag'v bo'ladi, albatta gunohga tushasiz. Qadr kechalarida telefonlarni o'chirish kerak. Ubudiyatni - qolbning Allohdan boshqadan uzulishini to'la kasb qilish uchun Ramazon, uning oxirgi 10 kuni, aynan Laylatul qadr kechasidagi ibodatlar eng yaxshi imkoniyatdir. Rajab va sha’bon oylaridagi ibodatlarning ulug‘lanishi, ro‘za tutishga chaqiriq, hammasi Ramazonga tayyorgarlikdir. Ramazonning avvalidagi ibodatga, zikrga chaqirish oxirgi 10 kunlikka tayyorgarlikdir. Bu oxirgi 10 kunlikning qanchalar mavqei baland ekanini bildiradi. Husaynxon Buxoriy