محتوى المنشور
Ey Shayxim! Kambag'al oilada tug'ildingiz. Otangiz olim bo'lishingiz uchun qattiq harakat qildi. Oldin o'zi olim bo'ldi. Olimlar duosini oldi. Onangiz tahoratsiz emizmadi. Siz uchun juda katta tayyorgarliklar ko'rildi. Moddiy jihatdan ancha qiynaldingiz. Ammo to'xtamadingiz. Maktabda eng oliy baholarda o'qidingiz. Ustozlaringiz va sinfdoshlaringiz doim maqtadi. 7 yillik madrasa ta'limini 3 yilda tugatdingiz. Vaqtingizni bir oninida bekor sarflamasdingiz. Islomning tirik namunasi bo'ldingiz. Sizni qadringizga yetishmadi. Yillar davomida yurtdan olisda bo'ldingiz. Biror marotaba Vatan haqida yomon so'z gapirmadingiz. Aksincha, maqolalaringizda maqtadingiz Qaytdingiz, Katta Musxafni keltirdingiz. Haj nimaligini bilmaydigan xalqqa bu buyuk amalni ado etish imkonini ochib berdingiz. Qanchalik qarshiliklarga qaramay hikmat hassasiga suyanib, xalqni ilmli qilishga oshiqdingiz... Mansab sizga ta'sir qilmadi. Boyu-kambag'alni birdek ko'rdingiz Ta'lif qilgan kitoblaringizni biz o'qib tugatolmayapmiz. Allohning bizga yuborgan haqiqiy do'sti edingiz Sportni kanda qilmadingiz, hatto vafot etgan kuningiz ham sport bilan shug'ullangan edingiz Doim ummatni g'amida bo'ldingiz. Islomni xizmatida bo'ldingiz. Bu yo'lda qop-qora sochlaringiz oppoq bo'ldi... Texnologiyadan ortda qolmadingiz, eng zamonaviylarini foydali maqsadlarda ishlatar edingiz Kitoblaringizni bosishga ruxsat berishmaganida o'zingiz "Hilol-nashr"ni ochdingiz. 2015-yil 10-mart kechqurun sport bilan shug'ullandingiz va shu tun.... Janozangizga "Tafsiri Hilol"laringizni,"Hadis va Hayot" laringizni ko'tarib muxlislaringiz ko'zda yosh ila keldi... Bu umr Islomga bag'ishlandi. Ha Islomga bag'ishlangan umr! Siz haqingizda yozishga loyiq emasman. Qalbimga kelganini yozdim. Zero, mening ojiz qalamim, sizdek insonni ta'riflashga juda zaiflik qiladi... Tirikligingizda ko'ra olmadik. Firdavslarda ko'rishish nasib qilsin! Xotirangiz abadiydir. Ey Shayxim Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf... 04.05.2024 @Sarvar_Nazarboyev