TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mahbubiy | محبوبى
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT POST

Post #21675

@themahbubiy

Mahbubiy | محبوبى

المشاهدات5,420عدد مشاهدات المنشور
نُشر3 مايو03‏/05‏/2025، 05:56 م
المحتوى

محتوى المنشور

Bir kampirdan sevgi va uning tub ma’nosi haqida so‘rashdi: Kampir shunday javob berdi: «Bu so‘zni ilk eshitganimda kichkina qizcha edim. Otam meni o‘pib turib, «Men seni sevaman» degan edi. Shunda men sevgi degani mehribonlik, omonlik va iliq quchoq ekan da, deganman. Ulg‘ayib, bo‘yim yetgan bir paytda uyim eshigi oldida bir maktub topib oldim. Qo‘shni yigit yuboribdi. Unda «Men seni sevaman», deb yozilgan ekan. Shunda men sevgi degani bir jur’at, jinnilik ekan da, dedim. Qo‘shnimizdan sovchi chiqib, yigit bilan birinchi tanishganimda uning menga birinchi aytgan gapi «Men seni sevaman» bo‘ldi. Shunda men sevgi degani orzu umid, maqsad va iroda ekan da, dedim. Turmush qurganimning ikkinchi kuni erim peshonamdan bo‘sa olar ekan, «Men seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani shavq, ishq va muhabbat ekan da, dedim. Birinchi farzandimni ko‘rganimda to‘shakda bemajol yotar ekanman, erim qo‘limdan tutib: «Men seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani tashakkur, taqdirlov, rahmdillik ekan da, dedim. Yillar o‘tib, farzandlarni uylantirib, joylaganimizda erim sochimga tushgan oqqa qarab, tabassum qilaroq: «Meni seni sevaman», dedi. Shunda men sevgi degani mehru shafqat ekan da, dedim. Umr o‘tib, qarilik yoshiga yetdik. Har safar erim «Men seni sevaman», deganda sevgi mehru muruvvat, sodiqlik, vafodorlik ekan, deyman». Husaynxon Buxoriy