TGTGInsighttelegram intelligenceLIVE / telegram public index
← Mahbubiy | محبوبى
Mahbubiy | محبوبى avatar

TGINSIGHT POST

Post #21693

@themahbubiy

Mahbubiy | محبوبى

المشاهدات4,930عدد مشاهدات المنشور
نُشر7 مايو07‏/05‏/2025، 05:55 م
المحتوى

محتوى المنشور

Qalbing sof va Alloh taoloning muhabbati uchun xolis bo‘lishi, uni dunyo istagi va havoyi nafsdan asrash bilan bo‘ladi. Buning uchun qalb g‘aflatda qolmasligi kerak. Qalbing g‘aflatda qolmasligi esa — kichik gunohlardan tiyilish bilan bo‘ladi. Banda har doim ham gunohlardan saqlana olmaydi. Gunoh sodir bo‘lganda esa, tavbaga shoshilishi lozim. Har bir odam bolasi xatodir. Xatolarning eng yaxshilari esa — ko‘p tavba qiluvchilardir. Tavba qilgan kishi, gunoh qilmagan kishi kabi bo‘ladi. Shunday ekan, ey banda, kichik gunohlardan saqlan! Saqlana olmagan bo‘lsang, darhol tavba qil. Shunda g‘aflatda qolmaysan. Hushyor va ziyrak bo‘lasan. Dunyo muhabbati qalbingda joy topolmaydi. Ana shunda qalbingda Allohning muhabbati joylashadi. Odinaxon Muhammad Sodiq